terminologiya sohasidagi sinonimiya- ayrim terminlar qo‘llanishdagi har xilliklar, ba’zan
imloviy qoidaga rioya qilmaslik;
semantik yoki leksik-semantik yo‘l bilan yasash- o‘zbek tilshunosligida so‘z
ma’nosining o‘zgarishi, ma’noning ko‘chishi, polisemantik so‘zlarning ba’zi ma’nolari orasidagi
bog‘lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so‘zning hosil bo‘lishi;
morfologik usul - leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri bo’lib
affikslar orqali so‘z yasash;
sintaktik usul - mustaqil ma’noli ikki va undan ortiq so‘zlarni bir-biri bilan grammatik
jihatdan birlashtirib ifodalash usuli;
terminologiya- fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui,
ya’ni yig‘indisidir. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot
terminologiyasi va boshqalar.
Mustaqil ta’lim
O‘zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish. O‘zbek tilining izohli
lug‘atida berilgan sohaga oid so‘zlar izohi bilan tanishish.
6-MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN.
Reja:
1.Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar.
2. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Matn haqida tushuncha.Umumxalq nutqidagi barcha birliklar badiiy tilda u yoki bu
darajada estetik qimmat kasb etadi. Aytish lozimki, tilning estetik funksiyasining asosiy yuzaga
chiqish o‘rni adabiy asar matni ekan, bu vazifaning o‘ziga xos xususiyatlarini faqat tilshinoslik
va adabiyotshunoslik doirasida o‘rganib bo‘lmaydi. Mazkur vazifani har tomonlama mulammal
o‘rganish uchun adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, poetika kabi adabiyotshunoslik
yo‘nalishlari va til tarixi, uslubiyat, etimologiya, leksikologiya, semasiologiya, grammatika kabi
tilshunoslik sohalari bir-biri bilan hamkorlikda ish ko‘rishi lozim. Binobarin, tilning estetik
vazifasi masalasi bu ikki yirik fan oralig‘idagi murakkab muammodir.
Matn tilshunosligi fani aynan badiiy matnni o‘rganish, tilning estetik vazifasini tahlil
qilish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bir sohasidir.Mazkur soha bo‘yicha ham o‘zbek
tilshunosligida qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Tilshunos olim A. Mamajonovning “Tekst
lingvistikasi” nomli qo‘llanmasida matn va uning o‘ziga xos xususiyatlari, matn turlari, matn
qismlarini bog‘lovchi vositalar yuzasidan fikr yuritiladi. E. Qilichev o‘zining “Matnning
lingvistik tahlili” qo‘llanmasida matn ko‘rinishlari, badiiy matn va uni lisoniy tahlil qilish
xususida so‘z yuritadi. Tilshunos olim M. Hakimov “Ozbek ilmiy matnining sintagmatik va
pragmatik xususiyatlari” nomli nomzodlik ishida matn, xususan, ilmiy matnning sintagmatik va
pragmatik jihatlariga to‘xtalib o‘tadi. Tilshunos olim M. Yo‘ldashevning “Badiiy matn va uni
lingvopoetik tahlili asoslari” nomli qo‘llanmasida badiiy matn va uning lisoniy xususiyatlari
haqida so‘z yuritilgan.
1
Matn nutqiy jarayon mahsuli bo‘lib, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy
shakllangan, supersintaktik butunliklardan tashkil topgan, leksik-grammatik, mantiqiy, uslubiy
jihatdan shakllangan,aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Har qanday matn
ma’lum bir mazmunni tashish uchun xizmat qiladi, o‘z xususiyatiga ko‘ra turli axborotlarni
etkazadi. Matn nutq korinishi bo‘lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn
murakkab tuzulish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lib, u og‘zaki va yozma ijod namunasi
hisoblanadi.
2
Matn atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.”O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”
3
da matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, aynan “”tekst” so‘zi anglatgan ma’noga
tengligiga ishora qilinadi. Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi va matn
tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’yekti sifatida talqin etiladi. Matnni tadqiq
etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va
qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M. Xakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishida
bu haqda shunday yozadi; “Matn so‘zining lug‘aviy manosida birikish, bog‘lanish
tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida
birikishini o‘rganish” “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qoldi.
Matn birliklarini o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va bir necha ko‘rinishlari, olmosh
turkumiga xos ba’zi so‘zlar, gapning so‘roq shakliga xos ko‘rinishining matn hosil qilishdagi
vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi”.
4
Mazkur ishda muallif “matn” atamasini
“nutq”, “kontekst” kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlaydi. Nutq og‘zaki va yozma
shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasini ifodalaydigan mazmunga
muvofiq keladi. Nutq sub’yektdan adresatga yo‘naltiruvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa
faqat ob’yektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab
olgan nutqning material ko‘rinishidir. Ilmiy adabiyotlarda kontest atamasi nutqiy vaziyat mahsuli
deb ko‘rsatiladi . Kontest –bu bir leksik va grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki
tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzulgan minimal nutq birligi. Qoida bo‘yicha bu
so‘z birikmasi, ba’zan gap, kamdan kam abzas yoki yaxlit matnga teng keladi.
Ko‘rinadiki, kontekst so‘zlarning semantik ma’nosi reallashadigan o‘ziga xos maydon
hisoblanadi. Borliqning mavjud dalillari lug‘atlarda berilganidek alohida so‘zlarda, tugal
xabarlarda, matnlarda, ularning minimal bo‘lagi bo‘lgan gaplarda aks etadi. So‘zlar va ular
ma’nolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali bog‘langan, gapdan tashqarida ular faqat
potensial birlikdir xolos. Ularning vazifasi faqatgina butun bi mexanizm bilan aloqada
tushuniladi.
Tilshunos olimlardan E.Qilichev matnga quyidagicha ta’rif beradi: Matn hamma
elementlari bilan o‘zaro zich aloqada bo‘lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir maqadga
yo‘naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilmadir. Tilshunos I.
Rasulovning fikricha, gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo‘lib, u fikran va
sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan
1 Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. T., Fan, 1989; E.Qilichev Matnning lingvistik tahlili. Buxoro, 2000; Hakimov
M. O’zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatic xususiyatlari. NDA, T., 1993; Yo’ldashev M. Badiiy matn va
uning lingvopoetik tahlili asoslari. T., 2007.
2 Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. T., Fan, 1995. 5-bet.
3 Ozbek tilining izohli lug’ati. M.: Rus tili, 1981. 452-bet.
4 Hakimov M. O’zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatic xususiyatlari.NDA, T., 1993. 7-bet.
ancha to‘liq bo‘ladi. Hozirgi davrda matn turlari va ularga xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarni
aniqlash davom etmoqda. Biz matnning o‘ziga xos belgilari sifatida axborot berish, mustaqil
gaplar yoki murakkab sintaktik butunliklardan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida mazmuniy
va sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamonda izchilligi, yaxlitligi, tugallanganligi, bir
umumiy mavzuga egaligi kabliarni tushunamiz. Matn ana shunday belgilarni o‘zida
mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ-sintaktik butunlikdir.
5
Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan
qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matn hajm begisiga ko‘ra minimal
va maksimal matnlarga ajratiladi. Ayrim adabiyotlarda matn hajm belgisiga ko‘ra uch turga
ajratilgan: kichik, o‘rta, katta hajmli matnlar.
Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati, vaqtli matbuotda
chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga
hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmli matnlarga povest, roman, dramatik
asarlar, trilogiyalar kiradi.
6
Biroq yuqoridagi kabi bo‘linishlar ayrim chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Boisi
shunday dostonlar borki hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan, balki ichki
mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham romanlardan qolishmaydigan dostonlar
bor.Masalan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”singari go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan
yirik hajmli asar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Binobarin,
matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajrarib tekshirish tamoyili asosida o‘rganish ham
mantiqan, ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Minimal matn deganda biror mavzuni yoritishga qaratilgan qatralar, xalq
donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, hajviy asarlar, nomalar, she’rlar,
umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi.
Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar,
sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol
ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorini
bilganida edi, uning modeli – qolipini yaratgan bo‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani
uchun ham sirli va abadiydir (O‘.Hoshimov).
Keltirilgan kichik hajmli matnni tahlil qilsak, ushbu matnning ichki mazmuni savol
shaklidagi sarlavha orqali yuzaga chiqqan. Matn to‘rtta gapdan tuzilgan. Butunlikni
taminlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo bog‘chivsi, agar bog‘lovchisi va
matnning mazmuniy o‘qini tashkil etuvchi sevgi so‘zi kiradi. Demak, masala savol shaklida
qo‘yilyapti va unga matn orqali javob berilyapdi.
Mutaxasislar ba’zan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi mumkin,
degan fikrni aytib o‘tadilar. Masalan: Bahor… Bu jumlada “tabiatning jonlanishi”, “hamma
yoqning ko‘m-ko‘k bo‘lishi”, “atrof-muhitning go‘zallikka burkanishi”, kabi yashirin mazmun
mavjuddir. Lekin bu tildagi ko‘rinishlarni tor ma’noda matn deb atash mumkin emas. Chunki
matn tuzilishi jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlikdir. Demak, u gaplardan tashkil topadi.
Yashirin mazmun sifatida havola etilayotgan ma’nolar so‘zning ma’no tuzilishi bilan bog‘liq.
Mazkur gap o‘zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik
hosil qilgandagina matn deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa
chiqariladigan bo‘lsa, istalgan so‘zni matn deyish mumkin bo‘ladi.
7
Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoti bilan yuzaga
kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman kabi yirik hajmli asarlar
maksimal matn deyiladi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik
abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl) larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida
epigraf, so‘zboshi (muqaddima) so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi
mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid
5Yo’ldashev M. Ko’rsatikgan qo’llanma. 11-bet.
6 Qilichev E. Ko’rsatilgan qo’llanma. 6-7-betlar.
7 Hakimov M. Korsatilgan avtoreferat. 24-bet.
ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh bo‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha
shakllangan bo‘ladi.Masalan, Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy romanini
ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida
nomlanadi (Humoyun, Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo‘limlarga bo‘linadi va har bir bo‘lim voqea
bo‘lib o‘tayotgan joy hamda gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi.
Masalan, 1.Agra. Hamida bonu arosatda.2. Ganga. Ko‘rgilik. Maksimal matnning eng kichik
birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo‘lib, matnning bir xat boshidan keyingi xat
boshigacha bo‘lgan qismi hisoblanadi. Abzats xabar boshlanishi (abzatsda aytilmoqchi bo‘lgan
mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), xabarning, to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi,
sharhlanadi), xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi), bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi
vositalar abzatsni o‘zidan oldingi abzatsga bog‘laydi) kabi qismlarni o‘z ichiga oladigan
butunlikdir.
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra minimal matn va
maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb
biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan
qatralar
, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol,
metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman
kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning
ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik
vositalar birlashtirib turadi.
Makro matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan
butunlik nazarda tutiladi. Badiiy
uslubda hikoya
, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar
makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi
qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning
tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh va sharh bo‘lib keladi. Makro
matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi.
1.
Ommabop ilmiy matn. Uning maqsadli auditoriyasi - muayyan sohada maxsus mahorat
va bilimga ega bo‘lmagan auditoriya. Ommabop ilmiy matn taqdimotning ko‘pgina
ta'riflari va ravshanligini saqlab qoladi, biroq uning hislatlari his qilish uchun juda
soddalashtirilgan.
Shuningdek
, bu uslubda hissiy va ifodali nutq shakllaridan
foydalanishga ruxsat beriladi. Uning vazifasi keng jamoatchilikni ba'zi fakt va hodisalar
bilan tanishtirishdir. 1980-yillarning oxirlarida sababsiz emas, uslubiy - ilmiy va badiiy
matnlar to‘plami paydo bo‘ldi . Bu maxsus atamalar va raqamlardan foydalanishni
kamaytiradi va ularning mavjudligi batafsil tushuntirishga ega.Ommabop ilmiy uslublar
uchun quyidagi xususiyatlar xarakterli: kundalik moslamalarni taqqoslash, o‘qish va his
qilish qulayligi, soddalashtirishi, tasniflashsiz umumiy voqealarni bayon qilish va
umumiy sharh. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ekspozitsiyalar ko‘pincha
kitoblar
, jurnallar,
bolalar ensiklopediyalarida chop etiladi.
2. O‘quv va ilmiy matn. Bunday asarlarni qabul qiluvchi talabalardir. Xabarning maqsadi
ma'lum bir materialni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan faktlar bilan tanishishdir.
Ma'lumotlar ko‘plab misol namunalari bilan umumiy shaklda taqdim etiladi. Ushbu uslub
professional terminologiyadan foydalanish, qat'iy tasniflash va tekshirishdan muayyan
holatlargacha silliq o‘tish bilan tavsiflanadi. Ishlar o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarda nashr
etiladi.
3. Aslida ilmiy matn. Ushbu sohada mutaxassislar va olimlar manzilga murojaat qiladilar.
Ishning maqsadi - ma'lum faktlar, kashfiyotlar va naqshlarni tasvirlashdir.
Dissåtatsiyalarda, hisobotlarda va sharhlarda mavjud bo‘lgan ilmiy uslublar nafaqat
terminni, balki shaxsiy, hissiysiz xulosalarni ham foydalanishga imkon beradi.
4.
Texnik va ilmiy matn. Bunday uslubning asarlari tor profilning mutaxassislariga
qaratilgan. Maqsad - bilim va yutuqlarni amalda qo‘llash.Kengaytirilgan
tasniflashda
,
yuqorida keltirilgan turlarga qo‘shimcha ravishda, shuningdek, informatsion va
ma'lumotnoma ilmiy matnlar ham mavjud.
|