O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
ÓTSQ qollanma

2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, gacha, -cha
qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday,
shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz,
o‘shanisi kabi;
3) o, o‘, u, ye unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari)
shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki
bobolari); orzum, orzung; ovzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda bir u tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: rarvoyim, parvoying;
parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik
qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si
shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi u undoshi bilan tugagan so‘zga ham III
shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi);
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi
n aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.
4. Quyidagi qo‘shimchalarining birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:
1) -bon, -boz qo‘shimchalari ba'zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz
yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt shunday
aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining o‘tgan zamon yasovchisi va III
shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba'zan  aytilsa ham, hamma vaqt d
yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
5. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday
yoziladi:
1) taklid so‘zlardan fe'l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v
yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli
so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat
yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan


barcha іollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir
kabi;
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini
yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining
ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday
yoziladi:
a) k undoshi bilan tutagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k
aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani,
kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi q
aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani,
qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
v) qolgan barcha іollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi k yoki q aytilishidan qatiy nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga,
og‘gan, sig‘guncha kabi 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin