O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Terminologik tizimlarning boyish yo‘llari har xil bo‘lib, uning asosiysi so‘z yasashdir



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
ÓTSQ qollanma

Terminologik tizimlarning boyish yo‘llari har xil bo‘lib, uning asosiysi so‘z yasashdir
Umumadabiy tildan farqli o‘laroq, terminlarning yasalishida, asosan, quyidagi uch xil
usuldan foydalaniladi: 1. Morfologik; 2. Sintaktik; 3. Semantik.
Asos + Qo‘shimcha tarzida affikslar ishtirokida so‘z yasalishi morfologik
 
   yasalish
deyiladi. Ular quyidagicha hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
1. O‘zbek tilida juda faol bo‘lgan -chi qo‘shimchasi birinchi galda, turli kategoriyalarga
oid shaxs nomlarini yasab keladi. Iqtisodiy terminologik tizimida ham u iqtisodning biror
sohasida ish olib boruvchi shaxs ma’nosidagi ko‘plab terminlarni yasab keladi: iqtisodchi,
xazinachi, saralovchi, ijarachi, iste’molchi, soliqchi, ta’minlovchi, pudratchi, sanoatchi,
hisobchi, nazoratchi, moliyachi, omonatchi, raqobatchi, buyurtmachi, kafolatlovchi va
boshqalar.
2. -ma affiksi o‘zbek tilida xilma-xil ma’noni ifodalovchi leksemalar yasaydi. Uning
ayrimlari terminologik tizimlarda birmuncha faol ekanligini qator ilmiy ishlar misolida ko‘rish
mumkin. Bu affiks yordamida, garchi kam miqdorda bo‘lsa ham, har holda ayrim iqtisodiy


terminlar yasalganki, quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay oladi: g‘amlama, ustama, uyushma,
birlashma, tuzilma, buyurtma, bo‘linma, undirma va boshqalar.
3. -kor affiksi ishtirokida:
Mazkur affiks asosdan anglashilgan narsa-predmetni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi
shaxs otini yasasa (paxtakor, g‘allakor kabi), iqtisodiy terminologik tizimda mavhum otlarga
qo‘shilib, ulardan anglashilgan ish-harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti yasaydi: chorakor,
tadbirkor, tejamkor, sohibkor va boshqalar.
4. -doraffiksi ishtirokida.
Bu affiks asosdan anglashilgan narsa-predmetga ega bo‘lgan shaxs nomini hosil qiladi.
Masalan, mulkdor, xaridor, qarzdor, nasiyador, sarmoyador, hissador va boshqalar.
5. -noma affiksi ishtirokida:
Bu affiks iqtisodiy terminologik tizimda asosdan anglashilgan narsani ifodalovchi matn,
xat va shu kabilarni bildiradi. Masalan, omonatnoma, shartnoma, ahdnoma, yo‘riqnoma,
ruxsatnoma, so‘rovnoma, topshiriqnomava boshqalar.
6.-ot (-at, -yot, -yat) affiksi ishtirokida:
Aslida arabiy leksemalar tarkibidagina lug‘aviy birliklarni yasab kelgan mazkur so‘z
yasovchi qator terminologik tizimlarda bir qadar faolligi bilan ishtirok etib kelmoqda. Buni
quyidagi iqtisodiy terminlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin: taqsimot, hisobot, iqtisodiyot,
qadriyat, ta’minot, mahsulot, raqobat va boshqalar.
7.-xona affiksi ishtirokida: bojxona, zarbxona va boshqalar.
8.-lik affiksi ishtirokida:
O‘zbek tilshunosligida mazkur affiksning so‘z yasash xususiyatlari xususida qator
maqolalar, hatto nomzodlik dissertatsiyasi ham himoya qilingan. Bu ishlarda uning asosiy
vazifalaridan biri mavhum otlar yasashdan iborat ekanligi alohida ta’kidlangan. Iqtisodiyot ham
ko‘proq abstrakt tushunchalar bilan ish ko‘rganligi boisidan uning terminologik tizimida -lik
affiksi yordamida ko‘plab terminlarning yasalganligini quyidagi misollar yaqqol tasdiqlay oladi:
taqchillik, tanqislik, mulkchilik, foydalilik, boqimandalik, manfaatdorlik, mahsuldorlik,
rentabellik, xo‘jalik, ustuvorlik, samaradorlik, yetuklik, alohidalik, mustaqillik va boshqalar.
9.-beaffiksi ishtirokida: behisob, bebaho, bepul, befoyda, bevosita va boshqalar.
10.-siz affiksi ishtirokida: hisobsiz, bahosiz va boshqalar.
Bunda be- affiksi bilan -siz affiksi sinonim holda qo‘llangan: behisob-hisobsiz.
11. -xo‘r affiksi ishtirokida:
Aslida fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan yaxlit leksemalar tarkibida mavjud bo‘lgan
mazkur affiks hozirgi bosqichda ko‘plab asosdan anglashilgan narsani doim iste’mol qiluvchi,
shuni yaxshi ko‘ruvchi ... ma’nosidagi shaxs nomlarini yasab kelganki, u iqtisodiyot
terminologiyasida ham qator terminlar tarkibida o‘z “vazifa”sini ado etib kelmoqda. Quyida
keltirilgan misollar shundan dalolat beradi: foydaxo‘r, sudxo‘r, nafaqaxo‘r, merosxo‘r va
boshqalar
12. -sh (-ish) affikslari ishtirokida:
Hozirgi o‘zbek tilida, xususan, uning terminologik tizimlarida –sh (-ish) affiksi faollashib
ketganligi leksikologiya, terminologiyaga bag‘ishlangan qator tadqiqotlarda alohida
ta’kidlangan. Ularda bayon etilgan fikrlarning qay darajada to‘g‘ri va haqli ekanligini faktlar
ham yaqqol tasdiqlay oladi. Chunki o‘zbek tilining iqtisodiy terminologiyasida mazkur affiks
yordamida hosil qilingan yuzlab terminlar o‘z vazifasini bajarib kelmoqda.
Keltirilgan misollarning ayrimlari tegishli manbalarda ishlatilgan va “Izohli lug‘at”dan
o‘rin olgan bo‘lsa-da, ba’zilari, masalan,

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin