O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ÓTSQ qollanma

davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan
himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi”.Shunday ekan, mamlakatimizda
yashovchi har bir fuqaro, o‘z ona tilisidan tashqari, muqaddas qadriyat hisoblangan davlat tilini
ham zarur darajada bilishi shart.
Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo‘lgani kabi ona
tilimiz rivoji uchun ham keng yo‘l ochdi. Mustaqil davlatimizning Asosiy qonuni -
Konstitutsiyamizda, "Davlat tili haqida"gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda ona tilimiz
bo‘lmish o‘zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan. Necha asrlar
mobaynida goh yuksak rivoju shuhrat topgan, gohida nopisandliq turtkilash va kamsitishlardan
ko‘ngli singan, ammo yorug‘ kunlarga yetmoq umidi so‘nmagan tilimiz chinakam munavvar
kunlarga salomat yetib keldi.
Yaqin o‘tmishimizda milliy tafakko‘rni, milliy o‘zlikni izdan chiqarmoqqa, shu yo‘l bilan
o‘z hukmronligining umrboqiyligini ta’minlamoqqa xomtama bo‘lgan mustabid tuzum tilimizni
izdan chiqarishga qattiq bel bog‘lagandi. Bu tuzum tilimizga "yagona umumxalq tili"ning
unsurlarini o‘rinli-o‘rinsiz 
tiqishtirishdan tashqari
, ayni shu "yagona umumxalq tili"ni ikkinchi
ona tilim deydiganlarga "xo‘rozqand"lar ulashdi, shu yo‘l bilan o‘z ona tilini bilmaydiganlar
safini kengaytirishga urindi. Prezidentimiz Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV sessiyasidaga
(1999 yil 14 aprel) nutqida mustabid Sho‘rolar tuzumining illatlari haqida gapirar ekan, xususan
shunday degan edi: "O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini bilmaslik ko‘plab odamlarning
shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi." Bu, o‘z navbatida, inson ma’naviy dunyosining
qashshoqlashuviga, milliy qadriyatlarga bepi-sandlik bilan qarashdan iborat nomaqbo‘l
aqidaning "bolalashi"ga olib kelganligini anglamaslik mumkin emas. Butun mustaqillik sharofati
bilan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb
e’lon qilinib, bu borada ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, milliy ma’naviyatni ona tilidan ayri holda tasavvur etib ham bo‘lmaydi.
Chunki xalqning ruhiyati, tabiati, butun borlig‘i uning tilida aks etadi. Shuning uchun ham
insonning ma’naviy kamolotida ona tilining o‘rni beqiyosdir.
O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy tur-mushimizning barcha sohalarida qonuniy
ravishda qo‘llanmoqda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi sifatida, xalqimizning
borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmokda, o‘rgatilmokda. Ana Shunday sharoitda,
davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek "o‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va
lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor rahbar kursisida o‘tirganlarni 
butun
tushunish ham
, oqlash ham qiyin".
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor
bo‘lishi, kundalik so‘zlaShuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak.
Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda, ariza,
tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki
tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning


uchun ham "Davlat tili haqida"gi qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish
yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining maqsadi: talabalarning o‘zbek tilida soha
bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og`zaki va yozma nutqida sohaviy
terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan
bilimlarni yozma va og`zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish;
sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan
hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta`minlash, 
nutq uslublari
, xususan, sohada ilmiy va rasmiy
uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va
savodxonlikni oshirish.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursini o‘qitishda talabalarning tilshunoslik asoslari,
hozirgi o‘zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, uslubshunoslik, nutq madaniyati kabi fanlardan
egallagan bilimlariga tayaniladi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushimizning barcha sohalarida qonuniy
ravishda qo‘llanilmoda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi sifatida, xalqimizning
borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmoqda, o‘rgatilmoqda. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon
ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari,
rasmiy – ish yuritish tilini ham bilishi, kerak. «Davlat tili haqida»gi Qonunning 8-14-,19-20-
moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita
asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar turli
mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Shu jihatdan mazko‘r ko‘rsning ahamiyati katta va uni o‘rganish bugungi kundagi dolzarb
masalalardandir.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat til haqida”gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul
qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
Mustaqqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor 
kuchaydi
, ona tilimizning
ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘grisida g‘amxo‘rlik qilinib,
bir qancha qarorlar qabul qilindi. 
1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul
ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari” ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil
24-avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida”gi qonunga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi va
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi
qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24-moddan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy
qonunimiz bo‘lgan Konstitutsyamizning 4-moddasida yozilganideq “O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi
to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz
fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o‘quvchi o‘z ona tilidagi so‘z boyligini
oshirish hamda til imqoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So‘z fikr
qurolidir, kishi qanchalik so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham Shunchalik keng
bo‘ladi.
Insert usuli”
Insert – samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning 
interfaol tizimi hisoblanib
, mustaqil 
o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar 
oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, “V; +; -; ?” belgilari orqali o‘z fikrini 
ifodalaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin