O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


 Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar).  QO‘SHIB YOZISH



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
ÓTSQ qollanma

7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar). 
QO‘SHIB YOZISH
38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar
yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona, 
tabriknoma
,
taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquwat, bug‘doyrang,
umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a)r (inkori -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib
yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe'llar qo‘shib
yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bil-
diruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq,
oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.
42. Narsani uning rangi? mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi
qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarga, 
qizilishton
, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib
yoziladi: kirsovun, qiymalaxta, tok qaychi, oshrayhon, ko‘zoynak molqo‘ra, nosqovoq kabi
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: tog‘olcha,
cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi,
qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturchon kabi.


46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib
yoziladi: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi 
qismi turdosh ot bilan yoki
 

obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib
yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan
joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostan-siya, fotoapparat, elektrotexnika,
teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shib
yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi:
O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish
bilan
ko‘rsatiladi: yo‘o‘q,
 
nimaa,
 
himm,
 
ufff
 
kabi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin