tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga tojikcha morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan:
darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi.
Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Oʻzbek milliy tilining shakllanishi
va rivojlanishida rus
millatining tili gʻoyat katta rol oʻynaydi. Rus xalqi bilan oʻzbek xalqi orasidagi yaqin aloqa,
ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid
soʻzlarning oʻzbek tiliga kirishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar: fabrika,
gimnaziya, doktor, shapka…
Orfografiya.Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928 yilgacha
savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek
tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan
majburan kirill yozuviga
oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin
yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan
qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston
tashqarisida yashaydigan
oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan qoʻllanishadi.
Dostları ilə paylaş: