Mavzu bo‘yicha testlar:
1. Umumiy atamalar keltirilgan qatorni toping.
a) agrotexnik, intensiv, inflyatsiya
b) anatomik, arboritsid, ekologiya
c) algitsid, mexanik, investitsiya
d) desikatsiya, intensiv, biznes
2. Xususiy atamalar keltirilgan qatorni toping.
a) algitsid, desikatsiya
b) bakteriya, mexanik
c) agrotexnik, eksportyor
d) biologik, desikatsiya
3. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llaniladigan
so‘zlar…
a) kasbiy atamalar
b) iboralar
c) sinonimlar
d) ilmiy atamalar
4. Joy nomini bildiruvchi so‘zlar qatorini toping.
a) paxtazor, oshxona, ustaxona, pichanzor
b) kutubxona, paxtakor, suvchi
c) bedazor, suvchi, aravakash, qarindosh
d) kurashchi, darvozabon, temirchi, ekinzor
5. Menejment - zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga
solish,nazorat qilish, shuningdek ishlab-chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish;
boshqarish to‘g‘risidagi fan.
Berilgan ma’lumot qaysi lug‘atdan olingan?
a) Ensiklopedik lug‘at
b) Izohli lug‘at
c) Tarjima lug‘at
d) Etimologik lug‘at
Mustaqil ta’lim
O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Sohaga xos o‘z va o‘zlashgan so‘zlar tasnifi.
5 - MAVZU. TERMINLARNING YASALISHI
Reja:
1. Til va terminologiya.
2. Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usul bilan yasalishi
Tayanch so‘z va iboralar: terminologiya, unli, undosh, tovush, so‘z yasovchi
qo‘shimchalar, morfologik yasalish, sintaktik yasalish, semantik yasalishi.
Ko‘pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg‘unligi murakkab masala ekanligini
ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq
hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo‘lgan paytlarda biz hyech bir ikkilanmasdan
respublika, oblast, rayon, avtor, agitasiya, propaganda, ideya, plan, forma, prosent, prosess,
komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so‘zlarni, garchi ularning
tilimizda (oldin qaysi tildan qabul qilingan bo‘lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo‘lsa-
da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda
bu so‘zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif,
tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma,
talaba, kotib(a), vazir, nozir, nazorat kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular
bilan bab-baravar qo‘llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum
muddat saqlanib turdi.
Endi oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu
o‘tgan vaqt orasida birinchi guruh so‘zlar asosan ikkinchi guruh so‘zlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib
berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz ? Shuning uchunki, saragi
sarakka, po‘chagi po‘chakka deganlaridek, bu so‘zlarning har biri vaqt g‘alviridan o‘tdi.
Ayrimlari hozir ham parallelik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-
dorilfunun kabi. Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo‘lmagani uchun ham
shunday bo‘ldi.
Bunday parallel qo‘llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet -
sifatlash, derivasiya - so‘z yasalishi, affiks - qo‘shimcha, abbreviatura - qisqartma so‘z,
anafora - misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar - kishi ismlari, toponimlar - joy
nomlari, atribut - aniqlovchi, affrikatlar - qorishiq undoshlar, stil - uslub, stilistika -
Dostları ilə paylaş: |