O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
ÓTSQ qollanma

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun
tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq,
g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida
bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat,
energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. 
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan,
yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani
holda, gravitasiya, diod, termoster, kondensasiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki
ximiyaga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida
qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalilari va sohalarida kuzatish mumkin.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor
va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan bironta ham til yo‘q, degan qarash uning
terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun
yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki
termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi».
Terminlarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyuquq, Kultegin,
Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni
uchratamiz. Ular xalq tomonidan 
yaratilgan afsonalarda
, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud
bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asari ularning
bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy terminlarning
salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
1. Arabchaamaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola,
misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy,
muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin