5-mashq. “Suv tekin”, “burnini ko‘tarmoq”, “ko‘z yummoq” iboralarining ma`nosini
tushuntiring.
Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1 . Ibora nima?
2. Ibora ma`no jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?
3. Omonim iboralarga misollar keltiring?
4. Ibora qanday maqsadda qo‘llaniladi?
5. Ibora tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
6. Iboralar qanday sintaktik vazifalarni bajaradi?
Topshiriq
Berilgan so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring.
Ko‘p ma'noli Bir ma'noli
(polisemantik) (monosemantik)
Atlas, xosiyat,
kompyuter
, xurmo, xunuk, parcha,
xoreografiya
, patir, pasta, patnis, g‘ildirak,
g‘isht, g‘oz, g‘uncha, gazeta,
gram-matika
, urg‘u, dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh,
doya, qoshiq, qoya, xat, quy, davlat, qushni,
marketing
,
vertolyot
, tirnoq, maqol, uy, torn, kirish
so‘z, undalma, yuvg‘ich, dars, haykal,
topishmoq
, aruz, tish, til ...
Mavzu bo‘yicha testlar:
1.Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilmagan qatorni toping.
a) de-ngiz
b) den-giz
c) kong-res
d) ing-liz
2. Qaysi qatordagi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilgan?
a) sin-gil, den-giz
b) daf-tar, mao-rif
c) in-gliz, aka-si
d) men-ga, tan-ga
3. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, u qanday
ko‘chiriladi?
a) a-badiy, e-shikdan
b) aba-diy, eshik-dan
c) a-ba-diy, e-shik-dan
d) barcha variantlar to‘g‘ri
4. Harflar birikmasi to‘g‘ri ko‘chirilgan qatorni belgilang.
a) pe-shona, mai-shat
b) pich-oq, sin-gil
c) den-giz, bich-iq-chi
d) pi-choq, maish-at
Mustaqil ta’lim
O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “XXI asr texnikasi” mavzusida
ijodiy matn yaratish.
Dostları ilə paylaş: |