O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Terminlar va ularning vujudga kelishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
ÓTSQ qollanma

Terminlar va ularning vujudga kelishi
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina
qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar –
atamalar sifatida qaraladi.
«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda. – deb qayd
etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm
va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab
chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy
qurollarning barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham
kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb
atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan
qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q.
…termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani
ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman
narsa-predmetlar, voqyea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani
ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim. 
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda
to‘xtalamiz.


O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan.
Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan,
dissertasiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning
katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi
o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar
atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy
atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II
yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka


erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta
Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq. tarix, filologiya, sosiologiya, ximiya, fizika,
matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar
shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib
bo‘lmaydi.Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy
guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov,
S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar
ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir
tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta gurhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi: 
1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin