O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
ÓTSQ qollanma


partiyalar
,
oqimlar va ularning vakillari, hukumat yig‘ilishlari 
va muassasalari
, davlatni boshqarish va uning
organlari, 
dunyoqarashlar
,  mulkiy munosabatlar, 
ichki va tashqi siyosat
,  ijtimoiy-siyosiy
hujjatlar, 
axloq masalalari
, xullas, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi
leksik birliklar majmuyi tushuniladi. O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologik lug‘ati 1976-
yildayoq nashr etilgan edi.
Sohaviy 
terminlar va ularning
 qo‘llanishi.
Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha terminologiyalarini ham boyitishda
ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch holatga e’tibor berish
zarur
bo‘ladi:
Muayyan bir tilda, 
shuningdek
, o‘zbek tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq
ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili
boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela


boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshlangan
edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va
boshqalar.
Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar
ham maxsuslashtiriladi, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan, taklif, sohibkor,
o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, 
yetakchi
, yig‘im, qonun, qaydnoma, baho, xo‘jalik kabi
yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining
tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida amal qilinaveradi.
Iqtisodiyot terminologiyasining 
boyishidagi yana bir manba
, bu iqtisodiy tushunchalarni
ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar
hisoblanadi: jamg‘arma, ijarachi, 
ishsizlik
, uyushma, tejamkor, iqtisodiyot, 
tadbirkor
, bojxona,
qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning bir qismi tegishli ruscha-
baynalmilal muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan.
Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek
umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan 
bir qatorda fors-tojikcha
,  arabcha, shuningdek, ruscha-
baynalmilal leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor,
daromad, dastmoya kabi fors-tojikcha so‘zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo‘lib qo‘llanmoqda.
O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to‘ldirilishi
haqida gap 
ketganda shuni aytish kerakki
, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga,
xususan, o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar,
buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
Tilning lug`at tarkibida so‘zlardan tashqari ko‘z tikmoq, qo‘li yegri, ko‘ngil bermoq kabi
iboralar ham mavjud. Iboralar frazeologizmlar deb nomlanib, ularni o‘rganuvchi bo‘lim

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin