Ko‘zimning yog`ini yeb, boshimga ish tushganda qochdingiz. 3. Bas, pichoq borib
suyakka
yetdi. 4. U bir hafta bo‘yi qovog`ini ochmadi. 5. Musobaqada ko‘z bo‘yash bilan yutgan
yekansiz-da, To‘tixon! 6.
Boshimni qotirma, jiyan, qoy.
2-mashq. Sinonim iboralarni aniqlang va ma`no nozikligini tushuntiring.
1. Ilonning yog`ini yalagan. 2.Qovog`idan qor yog`adi. 3. Og`zi qulog`ida. 4. Boshi ko‘kka
yetti. 5. Do‘ppisini osmonga otmoq. 6. Tepa sochi tikka bo‘ldi. 7. Mum tishlab qoldi. 8. Aravani
quruq olib qochmoq. 9. Yoqasini ushlamoq. 10. Qo‘ynini puch yong`oqqa to‘ldirmoq.
3-mashq. Antonim iboralarni toping va ma`nosini izohlang.
1. Po‘stagini qoqmoq. 2. Ko‘ziga qon to‘lmoq. 3. Oyoq osti qilmoq. 4. Tutgan yeridan kesadi.
5. Og`ziga tolqon solmoq. 6. Labi labiga tegmaydi. 7. Barmog`ini tishlamoq. 8. Boshida yong`oq
chaqmoq. 9. Suvga tushgan bo‘lka nondek. 10. Beli baquvvat. 11. Cho‘ntagi baquvvat. 12. Ko‘zi
och.
4-mashq. “Mug`ombir” so‘ziga sinonim bo‘lgan iborani toping.
Oyog`ini tirab olmoq, jig`ildoniga urmoq, ko‘z tikmoq, ko‘ngli to‘q, ilonning yog`ini yalagan,
ko‘zining paxtasi chiqmoq.
Dostları ilə paylaş: