3. termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli
tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab
ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga
joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda
bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar
tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.
Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum
darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati
anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma
yoki og‘zaki nutqida
kartel,
kliring,
tovar oboroti,
mayda mulkchilik,
mablag‘
ajratish,
renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-
o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida
ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan
til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi:
Bozor, mol, savdo,
savdo-
sotiq
, pul, haridor, bozorchi, olibsotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot, balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil
soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika
terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: