O‘quv dasturi hamda u asosida tuzilgan ishchi o‘quv
dasturi
kirish
, o‘n to‘rtta mavzuni o‘z
ichiga olgan to‘rt bo‘limdan iborat. Mualliflar tinglovchilarning iqtisodiy taraqqiyotning
mazmuni, umumiy asoslari, jamiyatda ro‘y berayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya
jarayonlari mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini
idrok etishi hamda
O‘zbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga
xos jihatlari
, mohiyati,
rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan.
Shuningdek, o‘quv dasturi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘rganishda
nazariya bilan
amaliyotning uzviy bog‘lanishi, O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisalar talqin
etilishi va izohlanishi talablari ham inobatga olingan. Iqtisodiy bilimlarni berishda va
tinglovchilarning mustaqil ravishda o‘zlashtirishlarida umumiylik va milliylikning uyg‘unligini
ta’minlash nazariyasi real iqtisodiy hayot bilan uzviy bog‘lash nazarda tutilgan.
Mualliflar har bir mavzuni o‘rganishda tinglovchilarning mustaqil ishlashlarini e’tiborga olib,
yangi avlod adabiyotlari ham keltirganlar. Bu tinglovchilarning
adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashlarida qulaylik yaratadi. O‘quv dasturi tinglovchilarni amaldagi qonunlarni o‘rganishga
ham undaydi.
Mualliflar fan bo‘yicha o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturini iqtisodiyot nazariyasidagi ilg‘or
tafakkur asosida tuzganlar. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, mamlakatimizda
demokratik 1991-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladigan birinchi bosqich,
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish,qonunchilik, sud-huquq
tizimi va ijtimoiy-
gumanitar
sohalarni izchil isloh qilish
, aholi turmush darajasining muntazam oshib borishini
ta’minlash, 2001-yildan 2010- yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich-
mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish bosqichlari o‘z
aksini topgan. Ishchi o‘quv dasturida esa mamlakatimizning
hozirgi rivojlanish bosqichi
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi rivojlanish strategiyasi, deb qarash, uning ahamiyatini ochib
berish masalalari o‘rin olgan.
Yuqoridagilarni
inobaga olib
, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar”
kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot
nazariyasi” fanini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturini chop etishga tavsiya etaman.
Toshkent moliya instituti
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari doktori
, professor T.Jo‘rayev
Dostları ilə paylaş: