O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Grammatik kategoriya – bir tizimdagi shakl (forma)lar jami, u odatda shakllanmagan va 
shakllangan so’z shakllarining ziddiyatidan (oppozitsiyasidan) xosil bo’ladi. 
Hozirgi o’zbek tilida bo’lganidek, eski o’zbek tilida ham so’z turkumlarining yirik uch 
guruxi qayd qilinadi. Bo’lar mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar va undovlar. Lekin bu so’z 
turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar mobaynida o’ziga xos ravishda taraqqiy etib 
keldi. Professor Sh.Shukurov bu tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi: 
Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bo’lgan davr tashkil etadi. Bu davr 
eski o’zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo’lib, bu davr tilida qadimgi turkiy tilga oid 
ko’pgina formalar yangi formalar bilan parallel qo’llanib kelgan hamda yozma yodgorliklarda 
dialektal hodisalar ko’plab aks etgan. Shuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid 
bo’lgan so’z formalari ham iste`molda bo’lgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning g’-yarmigacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda eski o’zbek adabiy tili vujudga keldi va ma`lum darajada 
adabiy me`yorga ega bo’ldi. 
a’chinchi bosqich. XIX asrning g’-yarmidan boshlanadi. a’ning harakterli xususiyatlari 
adabiyotda demokratik oqimning paydo bo’lishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, 
kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq so’zlashuv tilining 
yaqinlasha borishidir. Demak, o’zbek adabiy tili xalq jonli so’zlashuv tili xisobiga boyib bordi. 
Ot va uning ichki kategoriyalari. 
Ma`lumki, ot predmet va predmetlik tushunchasini ifodalaydigan so’z turkumi bo’lib, u 
grammatik son, kelishik va egalik kategoriyalariga ega bo’ladi.
Grammatik son kategoriyasi. Eski o’zbek tilida ham hozirgi o’zbek tilidagidek, birlik son 
so’z negiziga muvofiq keladi. Ko’plik esa maxsus grammatik ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. 
Eski o’zbek tilida ko’plik manosini quyidagi qo’shimchalar ifodalagan: 
-lar\\-lar. Bu qo’shimchaning qo’llanishi hozirgi o’zbek tilidagidek, keng bo’lgan: a’l 
kenddagi kishilar kelib turur (qR). Tashlarni tamam bu tagdin eltarlar (BN). 
Bu qo’shimcha eski o’zbek tilida ham ayrim holat va mavxum tushunchani bildiruvchi 
otlarga qo’shilganda ko’plikni emas, balki kuchaytirish, ta`kidlash kabi manolarni ifodalaydi: 
Anin’ dushmanlari ko’p qaygular tapti (o’N). Axmad Yusuf beg iztirablar qilib aytadur kim... 
(BN). 
Shu bilan birga, bu qo’shimcha xurmat manosida ham qo’llangan: Atalari ezgu’ kishi erdi 
(Taf.). qabrlari Balxdadur (MN). 


14 
-at\\-at. Ma`lumki, qadimgi turkiy tilda bu qo’shimcha -t variantida (qiyin (azob)- qiyit 
(azoblar)) qo’llanib, ko’plik va jamlik manolarini ifodalagan. Eski o’zbek tili yodnomalarida, 
xususan, «Bobirnoma»da bu qo’shimcha –at\\-at tarzida qo’llanib, xuddi shu manolarni 
ifodalagan. Maxallat, begat, tumanatbo’u’kat, bagat
Shuni aytish kerakki, qadimgi turkiy tilda oglan, era’n so’zlarida uchraydigan ko’plik 
manosi eski o’zbek tilida ko’plik manosida emas, balki birlik manosida qo’llangan: Yigin’iz 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin