O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə23/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

2.1. Mavzu e’lon qilinadi.
2.2. Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi.

O’qituvchi,
15 minut

3

Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beradi
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi.

O’qituvchi-talaba,
40 minut

4

Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:

  1. Abu Nasr Forobiyning hayoti haqida fikringizni bayon eting. (kategoriya -bilish)

  2. Abu Nasr Forobiyning entsiklopedist olimligini asoslashga harakat qiling. (kategoriya-bilish)

  3. Abu Nasr Forobiyning tilshunos olimligini izohlang. (kategoriya-bilish)

  4. Abu Nasr Forobiyning til falsafasiga doir fikrlarini sharhlang. (kategoriya-bilish)



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut



Reja:
1. Abu Nasr Forobiyning tilshunoslik faoliyati.
2. Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik faoliyati.
3. Ibn Sinoning tilshunoslik faoliyati.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Taxallus, O’rta Osiyolik mashhur faylasuf, entsiklopedist olim, “Al-muallim as-soniy”. (“Ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi”, tilshunoslik, notiqlik san’ati, “Lug’atlar haqida kitob”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, til haqidagi ilm, bilish, aql va mantiq haqida, tushuncha, muhokama, xulosa chiqarish, “Saydana», arab yozuvi, “Ma’mun akademiyasi”, tilning kelib chiqishi, so’zning kelib chiqishi, atamalar, til tarjimonidir, til ilmi barcha fanlarning asosi; “Asbobi xudud al xuruf”, tovushlarning paydo bo’lish sabablari, nutq tovushlarining paydo bo’lish sabablari.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Abu Nasr Forobiyning tarjimai holi bilan talabalarni qisqacha tanishtirish. Forobiyning entsiklopedist olim ekanligini ta’kidlash. Tilshunoslik faoliyatini sharhlash.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Abu Nasr Forobiyning hayoti bilan talabalarni qisqacha tanishtiradi.

    2. Abu Nasr Forobiyning entsiklopedist olim ekanligini ta’kidlaydi.

    3. Abu Nasr Forobiyning tilshunoslik faoliyatini sharhlaydi.

    4. Abu Nasr Forobiyning bugungi o’zbek tilshunoslik tarixiga asos yaratgan olimlardan ekanligini qayd etadi.

1-asosiy savolning bayoni:
Olimning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon bo’lib, Forobiy taxallusidir. U kishi milodiy 873 (hijriy 260) yilda Forob qishlog’ida tug’ilgan. O’z qishlog’ida savodini chiqargach, Toshkent, Samarqand, Buxoroda ta’lim olgan. So’ng Bag’dodda o’z bilimini oshiradi. Umrining oxirlarida Damashqda yashab, 920 yilda shu erda vafot etgan.
Abu Nasr Forobiy mashhur faylasuf, entsiklopedist olim bo’lgan. Shuning uchun Forobiy Sharq mamlakatlarida ulug’lanib,. “Al-Muallim as-soniy”, (“Ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Aristoteli” deb tan olingan. Bog’dodda Forobiy O’rta asr fani va tilining juda ko’p yo’nalishlarini o’zlashtiradi. Yunon tilini, yunon falsafasini, tabobat va mantiq ilmini o’rganadi. Uning 70 dan ortiq tilni bilganligi haqida ma’lumotlar bor.
Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. Jumladan, tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ti, xattotlikka oid ham maxsus asarlar bitgan bo’lib, bular: “She’r va qofiyalar haqida so’z” (“Kalom fi she’r va-l qavafi”), “Ritorika haqida kitob” (“Kitob fi-l xitoba”), “Lug’atlar haqida kitob” (“Kitob fi-l lug’at”), “Hattotlik haqida kitob” (“Kitob fi san’at al-kitobat”), “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” va boshqalar.
Olim “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asarida O’rta asrda ma’lum bo’lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyatini sharhlab beradi. Barcha fanlarni 5 guruhga, shundan birinchi, til haqidagi ilmni 6 bo’limga ajratadi: sodda so’z haqidagi fan; so’z birikmalari haqidagi fan; sodda so’z qonunlari haqidagi fan; so’z birikmalari qonunlari haqidagi fan; yozuv qonunlari va to’g’ri talaffuz haqidagi fan; she’r tuzilishi qoidalari haqidagi fan. Ayni paytda bu bo’limlarda nimalar haqida, qaysi kategoriyalar yuzasidan fikr yuritilishi masalasini ham qayd etadi.
Abu Nasr Forobiy “Ilm va sa’natning fazilatlari” risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bu bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga qarab borishini qayd etadi. Olim bilishning 2 bosqichini – hissiy va aqliy bilishni farq qiladi. Ayni paytda bilish jarayoni har ikki bosqichga bog’liqligini uqtiradi.
Forobiy “Aql ma’nolari haqida” risolasida bilishda mantiq (logika) ilmi muhim o’rin tutishini ta’kidlaydi. Ayni paytda olim mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi. Mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi mantiq ilmi ham tafakkurini haqiqiy yo’ldan olib borish uchun aqlni to’g’rilab turadi deya saboq beradi.
Abu Nasr Forobiy o’zining sermahsul ijodi bilan til falsafasiga doir g’oyat ko’p nazariy fikrlarni qoldirdi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin