O\'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK TUSHUNCHASI TALQINI
Qadimgi Gretsiya tilshunosligi Ifodali o`qish, ayniqsa asarning g`oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o`qilmaganidek, barcha ham ifodali o`qiy olish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o`quv yurtlarining ko`pchilik talabalari uzoq vaqt o`zlari mansub bo`lgan sheva ta'sirida bo`ladilar. Sheva ta'sirida "ifodali" o`qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o`qishga o`rgatish tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o`zlashtirishda, uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi.
... Badiiy adabiyot paydo bo`lishi bilan uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo`lgan qadimgi davrda badiiy va ifodali o`qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog`da uning ijrochilari sifatida ko`proq e'tiborga ega bo`lgan. Jumladan, "Avesto"ning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so`z sehri bilan mo`jizalar ko`rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O`rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo`ladi.
Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda, Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi.
Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo`lgan Majid ismli tarixiy shaxs haqidagi ma'lumotlar ham qiziqarlidir. Mashhur sharqshunos A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi bo`lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi.