O'zbek tilshunosligida grammatik tushunchasi talqini reja Qadimgi O’zbek tilshunoslik an’anasi



Yüklə 49,32 Kb.
səhifə6/9
tarix22.12.2023
ölçüsü49,32 Kb.
#190613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK TUSHUNCHASI TALQINI

Platon va Arastu grammatikasi
Arastu yoki Aristotle (talaffuzi: Aristotel) (yun.: Ἀριστοτέλης) (/ˈærɪstɒtəl/) (miloddan avvalgi 384/383, Stagira — miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) — qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi boʻlgan. Fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Hayoti
Aristotelning hayoti haqida juda kam narsa maʼlum. Olim shimoliy Gretsiyadagi Stagira shahrida tugʻilgan. Otasi Nikomachus Aristotel bolaligida vafot etgan va u vasiyning qoʻlida tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 367-yilda, oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshida, Afinaga borib, Platon akademiyasida[2] tahsil olgan. Oʻttiz yetti yoshgacha (miloddan avvalgi 347-yil)gacha shu yerda qolgan. Aflotun vafotidan koʻp oʻtmay, Aristotel Afinani tark etgan. Miloddan avvalgi 343-yildan boshlab Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qilgan. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qilgan. Aleksandr vafotidan soʻng 323-yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻlgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Faoliyati


Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik — fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa — faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl — borliq mohiyatidir, shakl — abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad — harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir.
Arastu taʼlimotiga binoan, xudo — oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga koʻra, har qanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos „koʻrinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan — „shakl“ ga va „shakl“dan — „materiya“ga izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat.
Arastu bilish haqidagi taʼlimotida „dialektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilishni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish — tajriba samarasi boʻlmish „fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.

Yüklə 49,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin