O'zbek tilshunosligida grammatik tushunchasi talqini reja Qadimgi O’zbek tilshunoslik an’anasi



Yüklə 49,32 Kb.
səhifə5/9
tarix22.12.2023
ölçüsü49,32 Kb.
#190613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK TUSHUNCHASI TALQINI

Qadimgi Rim tilshunosligi
Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o`rta asrlarda roviylar toifasi mavjudligini e'tirof etadi.
Ko`rinadiki, qadimgi badiiy so`z ijrochiligining butun bir yo`nalishi, o`ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va ijtimoiy mavqega ega bo`lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik ko`rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so`z ijrochiligi san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago`ylik, bazlago`ylik (latifago`ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g`azalxonlik san'ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi.
O`zbek badiiy so`z ijrochiligi san'atiga xos bo`lgan bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago`ylik, hikoyago`ylik, latifago`ylik, navhagarlik, ertakchilik, kulguli hikoyago`ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga, ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi.
O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o`qish san'atiga bo`lgan e'tibor alohida mavqe kasb etadi.
Notiqlik san'atining tarixi juda uzoq bo`lib, u eramizdan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllana boshladi. Yunonistonda aristokratiya, demokratiya tuzumining o`rnatilishi natijasida davlat ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida va yig`ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so`zlash huquqiga ega bo`lgan.
Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi uchun chiroyli so`zlash san'atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana borgan.
Sud ishlarida o`rnatilgan tartib notiqlik san'atining yuksalishiga katta bir turtki bo`ldi. Sud jarayonida javobgar o`ziga qo`yilayotgan aybning asossizligini isbotlab gapirishi, da'vogar esa o`z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham chiroyli so`zlash qobiliyatiga ega bo`lavermaydi.

Yüklə 49,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin