«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə6/29
tarix29.11.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#169643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Lab-tish undoshlari. O’zbek tilidagi v, f bilan rus tilidagi в, ф undoshlari o’rtasidagi farq ham sezilarli darajada. Rus tilida bu fonemalar lab-tish undoshlari guruhiga kiradi, ularni talaffuz etish uchun pastki labning ichki tomoni yuqori qator tishlarga tekkiziladi. Lab-tish v, f undoshlari o’zbek tilida faqat boshqa tillardan o'zlashgan so'zlardagina uchraydi: avtobus, vagon,
futbol, fabrika va boshqalar. Asil o’zbekcha so'zlarda esa bu undoshlar yolg'iz labo’lar ishtirokida hosil bo'ladi. Shuning uchun o’zbek tilidagi v so'z oxirida yoki jarangsiz undoshdan oldin kelganda rus tilidagi в kabi jarangsizlanmaydi: ov, suv, birov, jilov. f undoshi esa eski
o’zbek tilida mavjud bo’lmay, arab, fors-tojik va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlardagina uchraydi, shuning uchun bu tovush jonli so'zlashuvda ba'zan p bilan almashtiriladi: faqat-paqat,
daftar- daptar, fonar-ponar tarzida.
Til oldi undoshlari. Rus tilidagi qattiq д, т, з, с, р undoshlarining talaffuzi o’zbek tilidagi d, t, z, s, r undoshlariniki bilan deyarli bir xil. Ammo д’, т’, з’, с’, р’ fonemalari o’zbek tilida yo'q. Yumshoq д, т’ з’, с’ undoshlarini talaffuz qilishda tilning o’rta qismi yuqoriga ko'tariladi. Qattiq д, т tovushlarini hosil qilishda esa bunday holat kuzatilmaydi. Natijada д tovushi дз kabi, т esa тс kabi, з’ va с’ ham nisbatan yumshoqroq va qisqaroq talaffuz qilinadi. Rus tilidagi qattiq н o’zbek tilidagi n undoshidan deyarli farq qilmaydi: nor-нара, navbat-набат, qanot-канат, dovon-диван. Ammo yumshoq н’ undoshi rus tilining o'zigagina xos bo'lib, bu tovushning artikulyatsiyasi qattiq н undoshinikidan biroz farq qiladi. Qattiq н ni talaffuz qilishda til uchi yuqori milkka tegib tursa, yumshoq н’ tovushini talaffuz qilishda til biroz orqaga qochib, milkdan uzoqlashadi, tilning ikki yoni esa qattiq tanglay tomon ko'tariladi:
нет, нельзя, Нина, нитка. Har ikkala tilda ham l undoshi til oldi, sirg’aluvchi, jarangli sonor tovush hisobo’lanadi. Ammo l, л, va л’ tovushlarining artikulyatsiyasida o’zaro tafovutlar bor bo’lib, ular quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi: rus tilidagi qattiq л ni talaffuz qilishda tilning faqat uchi ko’tariladi va yuqori milkning tishga yaqinroq joyiga borib tegadi. Yumshoq л’ ni talaffuz qilish jarayonida esa tilning yelka qismi ham ko’tariladi va til uchi milkning yuqoriroq joyiga borib tegadi. Shunga ko’ra bu ikki undosh qattiqlik va yumshoqlik belgisiga ega bo’lib, o’zaro ziddiyat hosil qiladi. O’zbek tilidagi l esa talaffo’ziga ko’ra rus tilidagi qattiq л va yumshoq л’ o’rtasidagi undosh tovush hisobo’lanadi.
O’zbek tilidagi sh undoshi qattiq-yumshoqligiga ko'ra rus tilidagi ш va щ undoshlari o’rtasida turadi. Shu bois ruscha so‘zlar tarkibidagi щ undoshi o’zbek tiliga ba’zan sh

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin