(щавель-shovul), ba’zan ch (щётка-cho‘tka), ayrim so‘zlarda esa shch (мещане-meshchanlar)
tarzida o‘tgan. Rus tilidagi ж undoshi o’zbek tiliga boshqa tillardan o'zlashgan so'zlardagi (ajdar,
vijdon, jurnal) sirg'aluvchi j undoshi kabi talaffuz qilinadi: жизнь, жажда, Жора. O’zbekcha
jo’ja, jo’ra so'zlaridagi qorishiq portlovchi j esa rus tilida uchramaydi. Ц undoshi rus tilining
o‘zigagina xos bo‘lib, hozirgi o’zbek alifbosida uni ifodalovchi harf mavjud emas. Bunday tovush o’zbeklar nutqiga xos bo‘lmaganligi tufayli, XX asr boshlariga qadar rus tilidan
o‘zlashgan so‘zlarda u ch tovushiga aylantirib talaffuz qilinar edi (церковь-cherkov, царизмchorizm). Keyinchalik kirill alifbosi bilan birgalikda undagi w harfi tilida ж, ш undoshlari hamisha qattiq bo'lib, ular har qanday vaziyatda ham o'ziga yondosh bo'lgan tovushlar ta'siriga uchramay, o'z qattiqligini saqlab qoladi. Har ikkala tilda mavjud bo'lgan ch (ч) fonemasining talaffuzi deyarli bir xil: chayla-чай, chora-чёрный, soch-ночь. Rus tilidagi ч yumshoq tovush hisob bo’lanadi va u har qanday tovushlar qurshovida ham o'z yumshoqligini saqlab qoladi.
O‘zbek va rus tillarining leksikasi
Reja:
O’zbek va rus tillari leksikasiga qiyosiy tavsif
Fonetik tafovutlar
Semantik tafovutlar
Frazeologiya
O‘zbek va rus tillarining leksikasi
O’zbek va rus tillari leksikasiga qiyosiy tavsif O’zbek va rus tillari leksikasi, eng avvalo, bu tillarning genetik jihatdan turli oilalarga mansubo’ligi bilan farqlanadi. O’zbek tili tipologik jihatdan ko’plab olimlar tomonidan barcha agglutinativ tillar qatorida oltoy tillari oilasi qamroviga kiritilgan bo’lsa-da, genetik jihatdan u alohida bir oilani tashkil etgan turkiy tillar guruhiga kiradi. Tilimiz lug’aviy boyligining asosini umumturkiy va o’zbekcha so’zlar tashkil qiladi. Rus tili esa ham tipologik, ham genetik jihatdan hind-yevropa tillari oilasining slavyan guruhiga mansub, shuning uchun uning asosini umumslavyan va qadimgi rus so’zlari tashkil etadi. Har ikkala til leksikasi tarixiy taraqqiyoti davomida turli hodisalarga uchragan, ularning lug’aviy tarkibini ham har xil tillardan o’zlashgan so’zlar tashkil qiladi. Masalan, o’zbek tilida fors-tojikcha va arabcha so’zlar ko’p uchraydi, rus tilida esa yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar talaygina. O’zbek tili leksikasi asosan: - umumturkiy so’zlar ( men, biz, bosh, tog’ bir, ikki, ona, ota...) - o’zbekcha so’zlar (ishchi, ishla, tinchlik, yoshlik, jangchi, bilim...) - arabcha so’zlar (axborot, maktab, madaniyat, adabiyot, haqiqat...) - fors-tojikcha so’zlar (oftob, gul, dastro’mol, dutor, daraxt...) - o’zlashma so’zlar (samolyot, kompyuter, roman, dizayner, avtobus, trolleybus, drama...) kabi qatlamlardan iborat. Rus tilining leksik qatlamlari: - umumslavyan so’zlari: дом, город, голова, мать, отец, брат, день… - qadimgi rus tillari: галка, снегопад, добрый, потолок… - asl ruscha so’zlar: учитель, водитель,зарплата, раздевалка, зажигалка… - boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar: кофта, булка (polyak), арбуз, казна (turkiy), грамота, лавр (grek), иллюзия, компот (fransuz), вокзал, трамвай (ingliz), опера, дуэт (ispan), va h. k. Hozirgi o’zbek adabiy tilida rus tilidan va shu til orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar so‘nggi statistik ma‘lumotlarga ko‘ra qariyb 50 % ni tashkil etadi. Tilimiz leksikasi tarkibidagi ruschabaynalminaol so‘zlar ilmiytexnikaviy adabiyotlarda ham, og’o’zaki nutqda ham faol so‘zlar qatorida qo‘llanadi. Ammo o‘zlashma so‘zlar bilan rus tilidagi aynan shu so‘zlar o’rtasida ma‘lum farqli jihatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topadi:
Dostları ilə paylaş: |