O‘zbek va rus tillarida so‘z tarkibi So’z tarkibi o’zbek tiliga nisbatan rus tilida ancha murakkabdir. Ruscha va o’zbekcha
so’zlarning tarkibi o’zaro taqqoslanganda, ular o’rtasida katta tafovutlar borligi ma‘lum
bo’ladi. Xususan, o’zbek tilida har qanday tub yoki yasama so’z birlikda, bosh kelishikda ikki qismga, ya‘ni negiz va tugalmaga ajratilmaydi. Rus tilida birbiri bilan bog’lanish 14 jarayonida aksariyat so’zlarning oxiri o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham mustaqil so’zlar dastlabki shaklidan boshlab o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan ikki qismga ajratiladi. So’zning turlanganda yoki tuslanganda o‘zgarmaydigan qismi rus tilida osnova (negiz), so’zlarni
birbiriga bog’lash uchun xizmat qiladigan va bu jarayonda o‘zgarib turadigan qism esa okonchaniye (O.Azizov ta‘rifiga ko‘ra, tugalma) deb ataladi. Masalan:
И.п. из-да-тель-ств-о Р. п. издательства Д. п. издательству В. п. издательство Т. п. издательством П. п. (об) издательстве Ushbu misoldagi so’zning tugalmadan holi bo’lgan qismi -да o‘zak morfemasi bilan hosil qilingan yasama negiz hisoblanadi; рыба, рыбы, рыбе, рыбу, рыбой ko‘rinishiga ega bo’lgan, birgina o’zak morfemadan iborat negiz esa tub negiz deyiladi. Rus tilida ayrim so’zlarning ma‘nolari o’zakdan anglashilib turadi: стол, столом, столе, столик, настольный, столовая, застолье. Ammo bunday so’zlar ozchilikni tashkil qiladi. Aksariyat so’zlarni esa o’zak, negiz va qo‘shimchalarga ajratish nihoyatda mushkuldir. Quyidagi misollarni solishtiring:
друг do‘st
друг+у do‘st+ga
друзь+я do‘st+lar
друзь+ям do‘st+lar+ga
друж+ба do‘st+lik
друж+бе do‘st+lik+ka
Misollarni qiyoslab ko‘rib, shunday xulosalarga kelishimiz mumkin: Birinchidan, turli affikslar qo‘shilishi bilan rus tilidagi so’zlarning o‘zagida fonetik jiatdan o’zgarish yuz beradi. Ushbu misolda o’zakdagi г fonemasi goh зь bilan, goh ж bilan almashadi. (Shunday so’zlar ham borki, ularning o‘zagidagi o’zgarish qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi: сон-сна, день-дня, чёрт-черти). Misollardagi
o’zbekcha so’zlarda esa o‘zak o‘zgarmagan. To‘g’ri, o’zbek tilida ham ayrim o‘zaklarga qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida tovush tushish hodisasi yuzaga kelishi mumkin (o‘rni, burni va h.k.). Ammo bunday hodisalar kam uchraydi. Vaholanki, biz ayrim istisnolardan kelib chiqib, tilning barcha birliklariga baho bera olmaymiz.