«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»


Sodda gapda bo’laklarning o’rni va tartibi



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə29/29
tarix29.11.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#169643
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Sodda gapda bo’laklarning o’rni va tartibi. Odatda gap so’zlardan tarkib topadi deyiladi, asli gap bo’laklardan tarkib topadi deyish to’g’riroq. Sintaktik bo’lakning ifoda ashyosi bo’lib odatda so’zshakl xizmat qiladi (bunday sintaktik birlik so’z deb yuritilar edi); shu bilan birga, sintaktik bo’lak bog’lanma bilan ham ifodalanadi. Keyingi holat hisobga olinsa, gan so’zlardan (so’zshakllardan) tarkib topadi deyish to’g’ri bo’lavermaydi. Asli gap bo’laklardan tarkib topadi, bo’lak o’z navbatida so’z bilan (to’g’rirog’i — so’zshakl bilan) yoki bog’lanma bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, III hozir kursda 96 student o’qiydi. Seychay na III kurse obuchayutsya studentov gaplari to’rt bo’lakdan tarkib topgan: 1) hozir (seychas), 2) III kursda (na III kurse), 3) 96 student (96 studentov), 4) o’qiydi (obuchayutsya). Bunda birinchi va to’rtinchi bo’lak yakka so’zshakl bilan, ikkinchi, uchinchi bo’lak bog’lanma bilan ifodalangan. Gap tarkibida gapning bo’lagi (ega, kesim), birikmaning bo’lagi (sifatlovchi, qaratuvchi, izoxlovchi, to’ldiruvchi, hol) va gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan bo’lak (undalma, kirish) qatnashuvini ham hisobga olsak “gap bo’laklarining tartibi” deyishdan ham ko’ra “sintaktik bo’laklapn tartibi” deyishimiz to’g’ri. Ikki hodisani farqlash lozim: sintaktik bo’lakning o’rni bor va bu o’rinni 42 o’zgartirish imkoniyati bor. O’rni qat‘i belgilangan bo’lakka nisbatan tartib haqida gapirib bo’lmayli Odatdagi o’rnini o’zgartirishga yo’l qo’yadigan bo’lakdagina tartib erkinligi mavjud. Sintaktik bo’laklarning o’rnini va tartibni belgilashda nasriy adabiy nutq asosga olinadi.
Qo’shma gap rus tilida ham, o’zbek tilida ham tuzilishi va mazmuniga ko’ra o’ta murakkab bo’lib, har bir tilning uz imkoniyatlari doirasida namoyon bo’ladi. Tuzilish jihatidan alohida ta‘kidlashga loyiq hodisa shuki, o’zbek tilida, rus tilidan farqli holda, ergashgan qo’shma gaplarning ma‘lum turida ergash gapning kesimi shaxsli (tuslangan) fe‘l bilan omas, balki ravishdosh bilan ifodalanadi; Etik ochilib Cho’lponoyning onasi ko’rindi (P. Qodirov). Rus tilida esa qo’shma gap tarkibidagi har bir predikativ qismning kesimi shaxsli (tuslangan) fe‘l bilan ifodalanadi: Bo’lagodarya tomu chto m strogo sobo’lyudaem grafik dvijenii poezdov, kolichestvo perevozok znachitelno uvelichivaetsya (Gazetadan). Rus tilida ergashgan qo’shma gaplar “slojnopodchinenne predlojeniya neraschlenennoy struktur” va “slojnopodchinenne predlojeniya raschlenennoy struktur” deb ikkiga ajratiladi. Birinchi tur qo’shma gapda ergash gap bosh gapdagi ot bilan ifodalangan bo’lakka bevosita taalluqli bo’ladi, shu bo’lakni aniqlaydi (sifatlaydi); boshqa tur sifatlovchilardan farqi shuki, tarkibida ega bo’lak qatnashadi, demak, tuzilishi jixatidan gapga teng bo’ladi. Qiyos qiling: On vzyal knigi, kotore nujn yemu.—On vzyal knigi, nujne yemu. Birinchi misol aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga, ikkinchi misol esa sifatdosh oborotli sodda gapga teng. Ko’rinadiki, bu qismlar sintaktik aloqa nuqtai nazaridan bir xil; birini gap, ikkinchisini bo’lak deb belgilashda ularning ichki sintaktik surilishidan kelib chiqiladi. Bunday ergash gapli qo’shma gapda asli ikki predikativ bog’lanmashshg teng mavqedagi aloqasi sodir bo’lmaydi, ergash gap boshqa bir gapga emas, balki o’sha gap tarkibidagi ma‘lum bir so’zshaklga taalluqli bo’ladi. Faqat predikativlik belgilarga to’liq ega ekanligi (to’liq shakllangan ega va kesimning mavjudligi) tufayli uni gap deb tan olish lozim bo’ladi. O’zbek tilida sifatlovchi odatda sifatlanmishidan oldin joylashadi, bunday holat sifatlovchi yakka so’zshakl bilan ifodalanganda ham, birikma bilan ifodalanganda ham birdek voqe bo’ladi: U kerakli kitobo’larni oldi.— U o’ziga kerakli kitobo’larpi oldi kabi. O’zbek tilida, rus tilidan farqli holda, predikativ bog’lanma ham sifatlovchi bo’lib kela oldi: U qarilikdan... chetlari qizargan ko’zlarini Gulnorga allaqanday hirs bilan tikdi (Oybek). Predikativ bog’lanma sifatlovchi bo’lib kelishi uchun ma‘lum o’zgarishlar yuz beradi, albatta. Masalan, Men yoqtirdim predikativ bog’lanmasi sifatlovchi bo’lib kelishi uchun tuslovchi tashlanishi, zamon yasovchisi esa sifatdosh yasovchisiga almashtirilishi lozim, Natijada predikativ bog’lanma gaplik holatini yuqotib, sifatlovchi bo’lakka xos shakl oladi. Bunday o’zgarishlardan keyin predikativ bog’lanmani gap deb bo’lmaydi: Men yoqtirgan kuyni chaling kabi. Rus tilida qo’shma gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida ham ko’pincha gap bilan ifodalanadi: Выпал обильный снег, поэтому стало ходить трудно.— Qor
juda qalin yog’di, shu sababli yurish qiyinlashdi kabi. Bundan qat‘i nazar, rus tilida qo’shma gap bilan ifodalanadigan mazmunni o’zbek tilida sodda gap bilan ifodalash ham anchagina uchraydi, bunda rus tilida gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida oborot bilan ifodalanadi: Я знаю, что ты сегодня работаешь.— Men sening bugun ishlashingni bilaman. Он благодарен тебе за то, что ты оказал помощь его матери.—U sendan onasiga yordam berib turganing uchun minnatdor kabi. Bu mazmunni o’zbek tilida qo’shma gap bilan ham ifodalash mumkin: U sendan minnatdor, chunki sen uning onasiga yordam berib turding kabi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  2. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965.

  3. Rahmatullaev Sh. О’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993;

  4. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Toshkent: «Fan», 1975.

  5. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986;

  6. www.arxiv.uz, www.ziyonet.uz

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin