«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə26/29
tarix29.11.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#169643
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Undovlar (Mejdometiya). Har ikkala tilda ham undovlar turli tuyg’u, sezgi, his hayajon va xitob kabilarni ifodalaydigan maxsus tovushlar va so’zlar bilan ifodalanadi. Undovlar gapda boshqa so’zlar bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi, gap bo’lagi bo’la ol maydi (otlashish holatlari bundan mustasno). Shuning uchun undovlarning ma‘nosi intonatsiya bilan bog’liq.


O‘zbek va rus tillarida so‘z birikmasi
Reja:

  1. Nopredikativ bog’lanma

  2. To’ldiruvchi birikmalar

  3. Sifatlovchi birikmalar

  4. Moslashuv, boshlashuv va bitishuv hodisalari


O‘zbek va rus tillarida so‘z birikmasi
Nopredikativ bog’lanma doim ikki a‘zodan tarkib topadi, ulardan biri tobe, ikkinchisi esa hokim bo’ladi. Predikativ bog’lanmada uning hokim a‘zosi odatda oldin, tobe a‘zosi keyin joylashadi, nopredikativ bog’lanmada, aksincha, tobe a‘zo ko’pincha oldin, hokim a‘zo esa keyin joylashadi. Muhim farq shuki, predikativ bog’lanmada uning har ikki a‘zosi so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra har ikkisi sintaktik bo’lak (ega, kesim) sifatida shakllanadi. Nopredikativ bog’lanmalarda esa uning tobe a‘zosi ko’pincha so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra shu a‘zogina sintaktik bo’lak (masalan, to’ldiruvchi) sifatida shakllaiadi. Nopredikativ bog’lanmalar (bular birikma deb ham yuritiladi) turlicha tasnif qilinadi, shulardan biri tobe a‘zosining sintaktik mohiyati asosida tasniflash bo’lib, bunda sifatlovchili birikma, to’ldiruvchili birikma, holli birikma kabi bog’lanmalar ajratidadi. Birikmalarning tobe a‘zosi (sifatlovchi, to’ldiruvchi, hol) gapning ikkinchi darajali bo’lagi deb yuritilar edi, keyingi yillarda yoyuvchi bo’lak deb talqin qilinmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra avval predikativ bog’lanma (gap) tuziladi, keyin kesimga, egaga doir yoyuvchi bo’lak qo’shiladi (kiritiladi), o’z navbatida bu yoyuvchi bo’lak ham yoyilishi mumkin. Agar bu fikrga qo’shilsak, sintaktik bo’lak uchun qurilish ashyosi bo’lib so’zshakldan yirik sintaktik birlikning (birikmaning, gapning) kela olishini inkor etgan bo’lamiz. Aslida sintaktik bo’lakning yoyilishida emas, balki sintaktik bo’lakning, so’zshakldan tashqari, turli-tuman bog’lanmalar bilan ifodalanishi haqida gapirish o’rinli. Gap qurilishida biror bo’lakning boshqa bir bo’lakka gapga bir butun holda taalluqli bo’lishi alohida masala bo’lib, bu masalani hal etishda yoyuvchi bo’lak tushunchasiga zaruriyat yo’q. To’ldiruvchili birikmalar rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil. To’ldiruvchi to’ldirilmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: to’ldirilmish bo’lib kelgan leksemaning ma‘nosi bog’lanadigan to’ldiruvchi qaysi sintaktik shaklda kelishini belgilaydi. To’ldiruvchining ikki turi ajratiladi: vositasiz to’ldiruvchi (pryamoe dopolnenie) va vositali to’ldiruvchi (kosvennoe dopolnenie). Holli birikmalar ham rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil. Hol bilan hollanmish orasidagi sintaktik aloqa ikki xil: 1) Hol vazifasida shakl o’zgarishi yo’q birlik (ravish, ravishdosh; o’zbek tilida sifat ham) kelsa, hollanmishiga bitishuv usuli bilan bog’lanadi: uzoq II yaxshi 11 miriqib dam olmoq; stoyat dolgo 11 obo’lokotivshis na perila kabi; 2) so’zumso’z vazifasida ma‘lum kelishikda yoki ko’makchi (rus tilida predlog) bilan shakllangan so’zshakl kelsa, hollanmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: U universitetga ketdi.— On ushel v universitet. By yil bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’ldi. V etom godu vesnoy osadkov bo’lo mnogo kabi. Sifatlovchili birikmalar rus va o’zbek tillarida keskin farq qiladi. Rus tilida sifatlovchilar moslashadigan va moslashmaydigan sifatlovchi deb ikkiga ajratiladi. Asli tom ma‘nodagi, ya‘ni ham grammatik, ham semantik jixatdan sifatlovchi deb qarashga loyiq sifatlovchi — moslashadigan sifatlovchi. Chunki bunday sifatlovchi vazifasida predmetning belgisini anglatadigan turkum leksemasi keladi va u sifatlanmish otning grammatik shakliga mos holda grammatik ko’rsatkich oladi hamda moslashib o’zgaradi: chistaya bumaga,ch istuyu bumagu kabi. Rus tilida sifatlovchili birikmaning tobe a‘zosi (sifatlovchi) hajm a‘zosiga (sifatlanmishiga) qarab grammatik ko’rsatkich oladi, grammatik ko’rsatkichlar orasida mutanosib o’zgarish yuz beradi. Lekin birikma doirasida na hokim a‘zoning, na tobe a‘zoning grammatik shakli aniq bo’lmaydi, bunday birikmaning a‘zolari nutqda aniq bir grammatik shakl kasb etadi. To’g’ri, sifatlovchili birikmani alohida birlik sifatida talaffuz etish zarur bo’lsa, uni ma‘lum rod, birlik, bosh kelishik shaklida aytamiz, chunki shunday grammatik shakl sifatlovchili birikma uchun bosh shakl deb qabul qilingan: cherny karandash, bolshaya lampochka, sinee nebo kabi. Bunday bog’lanmada tugallanmalarni 38 to’rtburchakka olsak, qolgan qism birikmaning asosiga teng bo’ladi: cherny, karandash, bolshaya, lampochka, sinee, nebo. Tilda bunday, sifatlovchili birikmaning andozasi bor: (asos + tugallanma) x (asos – tugallanma), bu andozada qaysi tugallanmalar (o’z-o’zidan, qaysi leksemalar ham) qatnashuvi nutqdagina aniq bo’ladi. Demak, rus tilida sifatlovchili birikmaning tobe a‘zosi birikma doirasida grammatik shakllanib yetmaydi; bunday birikmaning hokim a‘zosi ham (asli birikmaning o’zi ham) nutqda tugal grammatik shakllanadi. O’zbek tilida barcha sonlar sifatlanmishiga bitishuv usul bilan bog’lanaveradi. Yana bir farq shuki, rus tilida dva va undan yirik son sifatlovchi bo’lib kelganida sifatlanmish ot asosan ko’plik ,shaklida ishlatiladi: dva studenta, lekin dvux studentov; pyat stydenmov kabi; o’zbek tilida, sifatlovchi qaysi son bilan ifodalanishidan qat‘i nazar, sifatlanmish ot birlik shaklida ishlatiladi: ikki student, o’n student kabi. rus tilidan farqli holda o’zbek tilida sifatlovchi bo’lib ba‘zan ravish ham keladi: ko’p gap, oz gap, tez odam kabi. Ko’rinadiki, bu vazifada sifat tur ravishlargina kela oladi. Rus tilida ravish sifatlovchi bo’lib kelmaydi. O’zbek tilida sifatlovchi ot bilan ham ifodalanadi: oltin soam, g’isht devor kabi. Bunday vazifada asosan jism otlari keladi. Sifatlovchi vazifasida kelgan bunday ot grammatik shakli jihatidan sifatga tenglashadi: son va kelishik shakllariga ega bo’lmaydi. Rus tilida sifatlovchining moslashmaydigan turi ham ajratiladi. Bunday sifatlovchi asosan sifatlanmishidan keyin joylashadi. O’zbek tilining rus tilidan farqli hodisalaridan biri — qaratuvchili birikma: dushmanning xujumi, qovunning urug’i,shaharning chekasi kabi. Bunday birikma rus tilidagi nastupiv vraga, semena dni, okraina goroda kabi birikmalarga eng yaqin turadi, lekin teng emas. Tasvirlanayotgan birikmaning tobe a‘zosi qaratuvchi deb hokim a‘zosi qaralmish deb yuritiladi. hozirgacha qaratuvchi bilan qaralmishning sintaktik aloqasi moslashuv deb kelinadi. Aslida esa tom ma‘nodagi moslashuv emasligi allaxachon ta‘kidlangan edi-yu, lekin uzil-kesil yangi talqin berilmadi. haqiqatda, qaratuvchili birikmada hokim a‘zo tobe a‘zoning grammatik shakliga to’liq moslashmaydi. Hokim a‘zoga qo’shiladigan nisbatlovchi tobe a‘zoga mutanosib holda tanlab qo’shiladi, lekin bunday mutanosibo’lik bu a‘zolarning grammatik shakllari orasidagina voqe bo’lmaydi. Masalan, shaxs ma‘nosi tobe a‘zo vazifasidagi so’zshaklning asosidan anglashiladi, hokim a‘zoda esa 6o’ ma‘noni gramatik ko’rsatkich (nisbatlovchi) ifodalaydi. Faqat qaratuvchi o’z so’zi bilan, hama kabi omosh bilan ikki kabi son bilan ifodalanadigan birikmalarda moslashuv voqe bo’ladi: o’zimning uyim,hammamizning uyimiz, ikkimizning uyimiz kabi. Ko’rinadiki, bunday qaratuvchi bilan qaralmish tarkibida ayni bir nisbatlovchi qatnashadi. Agar bunday ko’rilma asli uch a‘zoli ekanini hisobga olsak (mening o’zimning uyim kabi), unda tushiriladigan a‘zo asl qaratuvchi ekanini, qatnashadigan a‘zo esa ta‘kidlovchi ekanini sezish qiyin emas. Demak, bunday qurilmalarda ham asli qaralmish tarkibidagi nisbatlovchi shaxs jixatidan qaratuvchi vazifasidagi so’zshaklning asosiga mutanosib qo’shiladi. Modomiki mutanosibo’lik grammatik ko’rsatkichlar orasida emas, endi bunday sintaktik aloqani moslashuv deb bo’lmaydi. Demak, qaratuvchili birikmaning ayrim ko’rinishlarida son jihatidan moslashuv voqe bo’ladi yoki son jihatidan mutanosibo’lik yo’qoladi, qolgan ko’rinishlarida esa son jihatidan muvofiqlashuv sodir bo’ladi. O’zbek tilida rus tilidagidaek muntazam moslashuv qonunlari yo’q. Odatda o’zbek tilida (boshqa turkiy tillarda bo’lganidek) kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi deb xisobo’lanadi. Biroq bu xil moslashuvda tobe bo’lak hokim bo’lakka nisbatan grammatik jihatdan erkinroq bo’ladi, binobarin, hokim bo’lak tushib qolganda ham, tobe bo’lak o’zining oldingi formasini saqlab qola oladi. Masalan, Men oldim gapida ega (men olmoshi) qo’llanmagan taqdirda ham, kesim (oldim so’z formasi) birinchi shaxs, birlik ko’rsatkichi bilan qo’llana oladi. 39 Rus tilida moslashuv, asosan, ikki xil birikmada bo’ladi: birinchisi — kesimning ega bilan rod, son va shaxsda moslashuvi, ikkinchisi — aniqlovchining aniqlanmish ot bilan rod, son va kelishikda moslashuvidir. Rus tilida moslashuvning to’liq va to’liqsiz formalari ham mavjud. Rus tilidagi boshqaruvda esa hokim so’z (ko’pincha fe‘l) tobe so’zning ma‘lum bir kelishikda, predlogsiz yoki predlogli ergashib kelishini talab qiladi. Bundan tashqari, rus tilida predloglarning ayrim guruhlari otlarning ma‘lum bir vositali kelishikda bo’lishini talab qiladi.


Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin