Iqtisodiyot terminologiyasi oldidagi muammolar:
Lug`aviy va grammatik sinonimiyaning keng tarqalganligi
Terminlar imlosidagi har xillik
Iqtisodiyot terminologiyasidagi sinonimiya foydasiz bir holdir.
Sinonim terminlar kishi xotirasiga ortiqcha yuk bo`ladi, ma`no farqlanishi qiyinlashadi.
Iqtisodiy terminlar yasalishining quyidagi turlari mavjud:
Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin.
Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar.
Qishloq xo‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar
Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar
Fizikaviy terminlar bilan aloqador so‘zlar
Zoologiya terminlari
Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: chorak reja, normativ qiymat, differensial renta, yig‘ma ko‘rsatkich, ish haqi darajasi, daromadning qoldig‘i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx darajasi, foyda miqdori, qiymat o‘lchovi, bo‘linma, qiymat solig‘i.
Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi, talabning egiluvchanligi, bozor meHanizmi. Moliyaviy meHanizm har bir soha va bo‘g‘inlar bir butun yaxlitlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fizikaviy terminlar bilan aloqador so‘zlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: bozor muvozanati, mehnat sig‘imi, kapital sig‘im, nisbiy daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o‘zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat, o‘zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig‘imi.
Qishloq xo‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar krizis, sohibkorlik, qiymatning o‘sishi, tovar xo‘jaligi, o‘sim, qarz o‘simi, undirilgan pul, pul undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o‘sish, talabni o‘stirish, agrobiznes, agrosanoat.
Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: moliya oligarxiyasi, qadrli mablag‘, ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet, absolyut renta, ta’sischilik aksiyalari, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy qadriyatlar, to‘lov qobiliyatsizligi, yetakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari, daromad samarasi, ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o‘rinbosar tovarlar, Hayriya fondi, vaqf fondi, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul, pulning qadrsizlanishi, muomala fondlari.
Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan:o‘rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya.
Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri affikslar orqali so‘z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko‘lami keyingi davrlarda yanada kyengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul bilan yasalayotganligi shundan dalolat beradi.Terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar faol bo‘lsa, boshqasida esa kammahsuldir.Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b.
Dostları ilə paylaş: |