Termin yagona ma`no bildirisni lozim.
Termin sinonimlardan holi bo`lisni kerak.
Termin qisqa va talaffuzi qulay bo`lishi zarur.
TERMINNING YARATILISH QOIDALARI
O‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ma’noning ko‘chishi, polisemantik so‘zlarning ba’zi ma’nolari orasidagi bog‘lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so‘zning hosil bo‘lishi semantik yoki leksik-semantik yo‘l bilan yasash deb yuritiladi. Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoHa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi. Tilshunoslarning fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki, umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.
O‘zbek tilida nashr etilgan iqtisodga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, terminologik va izohli lug‘atlar va boshqa manbalardan to‘plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o‘zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar iqtisodiy terminlarga aylanganligining guvohi bo‘lamiz.
Bu o‘rinda mazkur so‘zlarning ma’nosi o‘zgargan yoki ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek iqtisodiy terminlarning ma’lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo‘lganidek, tushunchalarni mantiqan to‘g‘ri, mazmunan va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati kattadir. To‘plangan materiallardan shu narsa ayon bo‘ldiki, iqtisodiyot terminologiyasida butun nomini anglatuvchi terminlarga qaraganda, uning qismlarini anglatuvchi terminlar kamroq ekan.
Ma’lumki, muayyan terminologik tizim yoxud umumiste’moldagi ma’nosi ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, ma’lum so‘zlar, birikmalar tarkibida ham shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan: “qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”. Bu tushuncha iqtisodchilar tilida “ayiqlar” deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |