IV. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Hujayraning kimyoviy tarkibi. Asosiy zahira moddalar va ularning moddalar almashinuaidagi vazifasi.
O‘simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo‘lgan moddalari.
Makroergik birikmalar va ularning moddalar almashinuvidagi o‘rni.
Nafas olish jarayoninig o‘simlik metabolizmidagi o‘rni.
Moddalar tashiluvi jarayoniga tashqi muhit omillarining ta'siri.
Fitoxrom tizimi va uning o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishidagi o‘rni.
Stress fiziologiyasi, stress reaksiyalari. Stressning turli mexanizmlari.
O‘simliklarning chidamliligiga o‘sish va rivojlanishning (tuproqning holati, agrotexnik tadbirlar, oziqlanish sharoiti) ta'siri.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
3.
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) “O‘simliklar fiziologiyasi” o‘quv fanini o‘zgartirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida Talaba:
o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi, o‘simliklarda boshqaruv va integratsiya tizimlari; o‘simliklarda suv almashinuvi, o‘simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo ‘lishi;
fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni; uning moddalar almashinuvidagi o‘rni va kimyosi; o‘simliklarning geterotrof oziqlanish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
o‘simliklarda moddalarning tashiluvi va moddalar ajralishi; o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi; o‘simliklarning harakatlari; o‘simliklar chidamliligi haqida ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv vako‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.