O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə30/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

Issiqlik almashuvchi jihozlari – oqim bilan chiqib ketayotgan
issiqlikni regeneratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu jihozni
qo‘llashdan maqsad, sovuq oqimni isitish yoki issiq oqimni
sovitish, ayrim hollarda unisi ham, bunisi ham barobariga.
Isitkichlar – distillyat yoki reagentlarni issiqlik berish hisobiga
isitish jihozlari. Bu jihozlarning asosiy maqsadi isitishdir. Issiqlik
beruvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Suv bug‘i
kondensirlanganda yuqori issiqlik berish koeffitsiyentiga ega. Issiqlik
beruvchi sifatida quvurli pechlarda qizdirilgan yuqori haroratda
qaynovchi neft mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin.
Kondensatorlar – sovitiladigan moddaga o‘z issiqligini
berayotgan bug‘larni kondensirlab sovitiladigan jihoz.
Sovitkichlar – sovuq oqimlarni sovitadigan jihoz. Agar sovitish
jarayonida suyuqlik oqimidan kristall modda ajralib chiqsa, unday
sovitish jihoziga kristallizator deyiladi.
Kondensatorlarda, sovitkichlar va kristallizatorlarda boradigan
asosiy jarayon issiq muhitni sovitishdir.
Eng arzon sovituvchi agent – quvurlar orqali yoki aylama
sistemasidan beriladigan suv. Aylanma sistemalarida suv ko‘p marta
gradirnyalarda sovitib ishlatiladi. Havo bilan sovitiladigan jihozlarda
sovituvchi sifatida havo ishlatiladi. Muhitni past haroratgacha
sovitish uchun bug‘lanadigan muzlatuvchi agentlar – ammiak,
propan, etan, freon va boshqalar ishlatildi.
V BOB.
ISSIQLIK ALMASHUVCHI JIHOZLAR



53
Issiqlik almashuv jihozlar ikki xil – aralashtiruvchi va yuzali


deb nomlanadi. Aralashtiruvchi jihozlarda issiqlik almashuv ikki
muhit orasida aralashuv (kontakt) usulida olib boriladi. Yuzali
jihozlarda issiqlik almashuv yuza orqali, ya’ni jihozni muhitlar
ajratib turuvchi devor orqali amalga oshadi. Shu prinsiðga muvofiq
barometrik kondensator (vakuum kolonnalarida) ishlaydi. Bu
jihozlarda benzin va suv bug‘lari kondensirlanadi. Bu jihozlarda
mahsulotlarni va suvni tez ajralishi, ularning zichligini bir-biridan
katta farq qilishi bilan tushuntiriladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin