O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə50/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

Sinov savollari
1. Sanoatda absorbsiya jarayoni nimaga kerak?
2. Absorbsiyaning turlarini aytib bering.
3. Absorbsiyaning miqdorini hisoblang.
4. Absorberning turlari va ularning ishlash prinsiðini tushuntirib
bering.
5. Yupqa qatlamli absorberlarning konstruksiyasi qanday?
6. Nasadkali absorber qayerda ishlatiladi?
7. Nasadkaning turlarini tushuntirib bering.
8. Òarelka absorberining tuzilishi va ishlatilishi.
9. Elaksimon absorberlarning tuzilishni aytib bering.
10. Qalpoqcha tarelkali absorberning tuzilishini aytib bering.
11. Kapsula va klapanli absorberlar tuzilishini aytib bering.
12. Oqimli absorberlarning tuzilishini aytib bering.
13. Adsorbsiya nima, uning absorberdan farqi qanday?
14. Adsorbentlarning turlari va xususiyatlari haqida aytib bering.
15. Adsorbsiyani sanoatda qo‘llash usullarini aytib bering.
16. Desorbsiya haqida ma’lumot bering.
17. Desorbsiyani borish sharoitlarini tushuntirib bering.



83
8.1. Ekstraksiyalash haqida


Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha
komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni
ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:
a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.
Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab
ta’sir qiluvchi erituvchilar – ekstragentlar yordamida ajratib olish
jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq
aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat
kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa
juda yomon yoki butunlay erimaydi.
Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqlik
aralashmalirini ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu usullarning qaysi
birini tanlash aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga
bog‘liq. Rektifikatsiyalash jarayoni, odatda, issiqlik ta’sirida boradi.
Ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun issiqlik talab etiladi.
Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining har xil
temperaturalarda bug‘lanishiga asoslangan. Agar aralashma
komponentlarining qaynash temperaturasi bir-biriga yaqin yoki
ular yuqori temperaturaga beqaror bo‘lsa, bunday hollarda
ekstraksiyalash jarayonidan foydalaniladi. Òanlab olingan
erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‘lgan suyuqlik
zichligidan kichik bo‘lishi shart.
Dastlabki eritma va erituvchi o‘zaro ta’sir ettirilganda ikkita
faza (ekstrakt va rafinant) hosil bo‘ladi. Ajratib olingan
moddaning erituvchilarga eritmasi ekstrakt, dastlabki eritmaning
qoldig‘i esa rafinant deb yuritiladi. Rafinant tarkibida biroz
miqdorda erituvchi ham bo‘ladi. Olingan ikkita suyuqlik fazasi
bir-biridan tindirish, sentrafugalash va boshqa mexanik usullar
yordamida ajratiladi. So‘ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot
ajratib olinadi, rafinantdan esa erituvchi regeniratsiya qilib
ajratiladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin