Òuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga
bentonit, diatomit, gumbrin, kaolin, askanit, murakkab kimyo-
viy tarkibli yuqori dispersistemalar SiO
2
, Al
2
O
3
, CaO, Fe
2
O
3
,
MgO va boshqa metall oksidlari kiradi. Òabiiy tuproqlar faolligini
oshirish uchun ular sulfat va xlorid kislotalar bilan qayta ishlanadi.
Natijada kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va boshqa metall
oksidlari chiqarib yuborilishi tufayli qo‘shimcha g‘ovaklar hosil
bo‘ladi.
Bu tuproqlar solishtirma yuzasi 20¼100 m
2
/g, g‘ovaklar
o‘rtacha radiusi 3¼10 mkm bo‘ladi.
Kation almashinish sig‘imi ortishi bilan tuproqlarning
tozalash qobiliyati ko‘payadi. Odatda tuproqlar suyuqlik
muhitlarni tozalash uchun ishlatiladi, masalan, rangli
moddalarni qayta ishlash natijasida mahsulot oqaradi. Shuning
uchun ayrim hollarda tuproqli adsorbentlar oqartiruvchi tuproq
deb ham ataladi.
7.2.3. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari Adsorbsiya jarayonini tashkil etish chizmalari 28- rasmda
keltirilgan. Donador adsorbentlar uchun qo‘zg‘almas (a) va
harakatchan (b, d) qatlamli chizmalar ishlatiladi.
Birinchi holatda jarayon davriy bo‘ladi. Dastavval adsorbent
qatlami L orqali bug‘-gaz aralashmasi G o‘tkaziladi va u
yutilayotgan modda bilan to‘yintiriladi; undan so‘ng siqib
chiqaruvchi modda B yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Ana
shunday yo‘l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya’ni desorbsiya
jarayoni sodir bo‘ladi.
Ikkinchi holatda adsorbent L yoðiq sistemada sirkulyatsiya qiladi
(28- b rasm); adsorbentning to‘yinishi qurilmaning yuqori –
adsorbsion zonasida, qayta tiklanish esa pastki desorbsion zonasida
yuz beradi.
80
Agar adsorbent kukun changsimon ko‘rinishda bo‘lsa, sirku-
lyatsiyali, mavhum qaynash qatlamli chizma qo‘llaniladi
(28- d rasm).