91
Atrof-muhitni muhofoza qilish — insonlarning yashash
faoliyatini ta’minlashga qaratilgan
qator davlat va jamiyat
tadbirlaridan iborat. Òabiat inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorligining nomutanosibligi abadiy muammolardan biri
sanaladi. Chunki jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi
hisoblanadi. Òabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib,
ularning o‘zaro munosabatlarida inson yetakchi o‘rinni egallaydi.
Ekologiya ong, madaniyat yuqori
rivojlangan mamlakatlarda
ishlab chiqarishning ham taraqqiy etganining bevosita guvohi
bo‘lamiz.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi
yashaydigan punktlarda atmosfera
havosini ifloslantiruvchi
moddalar uchun chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentrat-
siyasining sanitariya normalari tasdiqlangan bo‘lib, aholi
yashaydigan hududlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi
moddalarni aniqlash
usullari ishlab chiqilgan, turar joy
uylari qurilishlarida yo‘l qo‘yiladigan shovqin darajasi
qiymatlari, infratovush va past chastotali shovqinni yo‘l
qo‘yiladigan darajasi belgilangan.
Gidrometrogiya va tabiiy
muhitni nazorat qilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi qu-
yidagilarni ishlab chiqqan: havoni muhofazalash chora-
tadbirlarini kelishish, ekspertizadan o‘tkazish
va loyihaviy
yechimlari bo‘yicha atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar
chiqarishga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar,
korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar
konsentratsiyasini
hisoblash metodikasi, «Noqulay metrologik
sharoitlarda chiqindilarni tartibga solish», atmosfera if-
loslanishini hisoblashning
unifikatsiyalashgan dasturi
yaratilgan.
Respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
rasional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo‘yicha
butun
Dostları ilə paylaş: