14
Neftni qayta ishlash korxonalarining ish sharoitlarini hisobga
olgan holda turli jihozlar va konstruksiyalarni tayyorlashda
ishlatiladigan materiallarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
1. Yuqori mexanik mustahkamligi.
2. Yuqori daraja korroziyaga chidamliligi.
3. Issiqqa barqarorligi.
4. Yuqori va past haroratlarga chidamliligi.
5. O‘zgaruvchan bosim (yuklar)ga chidamliligi.
NQIK jihozlarini asosan payvandlash usuli bilan tayyorlanadi.
Bundan istisno – yuqori bosimda ishlatiladigan
jihozlar maxsus
usulda presslab tayyorlanadi, shuning
uchun konstruksiyada
ishlatiladigan material yaxshi payvandlanish-ulanish (erish)
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
NQIK jihozlarini yasashda asosiy konstruksiya materiali sifatida
yuqori
navli prokat, har xil qalinlikdagi listlar,
quvurlar, quyilgan
yoki mustahkamligi orttirilgan po‘latlar ishlatiladi. Ular, asosan,
futerovka, oblisovkalashda va jihozlarning ba’zi
bir qismlarini
tayyorlashda ishlatiladi.
2.1. Po‘latlar
Po‘latlar quyidagicha sinflanadi; kimyoviy tarkibga ko‘ra
(uglerodli va legirlangan), ishlatilishiga ko‘ra (konstruksiya,
instrumental va alohida), ishlab chiqarish usuliga ko‘ra (oddiy,
yuqori va oliy sifatli).
Po‘latlarning xossalari va ularning strukturalariga
qarab ularda
tajriba o‘tkazilib, namunaga olingan metallning vaqtga nisbatan
absolyut deformatsiyalanishi (yuk ta’sirida va yuqori haroratda)
va oquvchanlik tezligi toðiladi.
Dostları ilə paylaş: