EMOTsIONALHOLATLARVAULARNINGTURLARI. Hissiyotlar paydo bo’lish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jihatidan bir-biridan farq
qiladi.
Hissiyotningpaydobo’lish tezligi. Emotsional kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba’zan hissiyotlar juda tez to’satdan, darhol paydo bo’ladi, masalan, kishi birdan xursand bo’lib ketadi, darhol g’azab ga keladi, darh ol achchiqlanadi va ho kazo. Le kin ba’zan shu hissiyotlarning o’zi daf’atan o’zgarmaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi . Xursandlik ham, g’azab ham, a st a -se k i n q o ’ z g’ a l a d i . ( Bu n d a y h o l a t n i b i z «q o ’ r q q a n l i gi » yoki «suyunganligi darrov bilinmadi» deb aytamiz.)
Lekin shunda y emotsional kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo
bo’lganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo’lmaydi. Masalan, bizdagi kayfiyatlarning
ko’pchiligi shular jumlasiga kiradi.
Hissiyotning kuchi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli yoki yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli bo’lishidadir. Shuning uchun ham
«juda xursand bo’ldim», «unchalik yoqmadi» va shu kabi iboralar ishlatiladi. Sub’ektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi.
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) jarayonlarga ham sezilarli ravishda ta’sir qiladi. Emotsional qo’zg’alishning ma’lum bir darajasida intellektual jarayonlar kuchayadi: idrok va
tasavvur yaqqolroq bo’ladi, tafakkur jarayonlari jadallashadi. Lekin ba’zan ayniqsa kuchli emotsional kechinmalar vaqtida - intellektual jarayonlar cheklanadi, sustlashadi va hatto aql-farosat qochadi. Odam o’z hissiyotlarini tiyib tura olmaganlarida ko’proq shunday bo’ladi. Paydo bo’lgan tasavvurlar va fikrlar to’xtalib qoladi yoki yo’qoladi, mantiqiy bog’lanishlar susayadi, tafakkurning nazorat qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo’shashadi yoki butunlay to’xtab qoladi. Odam mana shunday qattiq, emotsional iztirob holatida qattiq hayajonga tushgan yoki hovliqqan paytlarida ko’pincha nojo’ya ishlar qilib qo’yadi, mantiqqa sig’maydigan, sub’ektiv, haqsiz, g’arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi. O’z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi. Agar kuchli hissiyotlarni bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning tamoyillarimiz tufayli tug’ilgan bo’lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi. Ifodalovchi harakatlarning muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nutqdagi eng sezilarli o’zgarishlar bilan birga kuchayishi yoki kuchsizlanishi sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada ekanligini bildirib turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo’lsa, uning sirtqi ko’rinishi shu qadar ifodali bo’ladi.
Muayyan narsaga zo’r intilish bilan namoyon bo’ladigan kuchli hissiyotlar katta-katta to’siqlarni enga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi.
Se n so r h i ssi yo t d a n f a r q l i b o ’ l ga n em o t si o n a l hi ssi y o t his-tuyg’ular paydo bo’lishining
tezligi va kuchi bilan belgilanadi (353-betga qaralsin).
H i s - t u y g ’ u l a r n i n g b a r q a r o r l i g i . E m o t s i o n a l kechinmalar qanchalik uzoq davom qilishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo bo’lgan kechinmalar uzoq vaqt davom qilsa, bunday his-tuyg’ular barqaror kechinmalar deb ataladi. His-tuyg’ular paydo bo’lishi bilan darrov so’nib qolsa, yoki boshqa biror emotsional kechinmaga tez o’tib ketsa, bunday his-tuyg’ular beqaror his-tuyg’ular deb ataladi.
His-tuyg’ularning kuchi va barqarorligini ularning chuqurl i gi d a n f a r q q i l m o q k e r a k . Hi s - t u yg ’ u l a r n i n g chuqurligi, odatda, tasavvurlar va fikrlarning, shuningdek mana shu konkret emotsional kechinma sababli paydo bo’lgan va shu kechinmalarga muayyan bir ma’no berayotgan intilishlarning xilma-xilligi va boyligi bilan belgilanadi. Odamning e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqishlari va mayllari bilan aloqador tasavvurlarga, fikrlarga va intilishlarga boy bo’lgan his- tuyg’ular chuqur his-tuyg’ulardir. Chuqur his-tuyg’ular o’tib ketganidan keyin ham odatda, ularning izi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko’pincha tasodifiy idrok qilishlar va tasavvurlar bilan bog’liq bo’lgan bekaror his-tuyg’ular, ya’ni «havas» deb ataladigan his-tuyg’ular chuqur bo’lmaydi. Bunday vaqtincha havaslar, odatda, odamning xotirasida biror sezilarli iz qoldirmaydi.
His-tuyg’ularni qo’zg’atuvchi emotsiyalarning xususiyati – paydo bo’lish tezligi kuchi va barqarorligi – bir qancha sabablarga, ya’ni nerv sistemasining holatiga, muayyan paytda paydo bo’lib qolgan ehtiyojlarning kuchiga, shu hislarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va ijtim-oiy ahamiyatini odam qay darajada anglaganligiga, shu his-tuyg’ular paydo bo’layotgan va o’tayotgan vaziyatga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir.
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo’lishiga qarab, emotsional holatlarning turlari farq, qilinadi. Emotsional holatlarning asosiy turlari – kayfiyat, ehtiros, ruhlanish va affektlardir.