O’zbekist



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#146002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
22-39 GURUX TALABASI.SOTVODIYEV ISMOILON UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN. Emotsiyaning pedago\'gika jarayonidagi ro\'li.

Ozini tuta bilish. Mana shu so’zning o’zidan ko’rinib turibdiki, o’zini tuta bilish – kishining o’z- o’zini qo’lga ola bilishidir. O’zini tuta bilish – kishining oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko’rsatuvchi ichki holatini engishda ko’rinadigan kuchli irodadir. O’zini tuta bilish – toliqish hissini, og’riqni, qo’rqinchni, shuning kabilarni engishda ko’rinadi, o’zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo’lgan reflekslarga, odatlarga, mayllarga yo’l qo’ymaslikdir. Yu.A.Gagaringa murojaat qilib, uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo’rqish hissi paydo bo’lganmi?– deb savol berilganda,
kosmonavt shunday deb javob bergan:– «Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo’lgan. Biroq, men kurkinch hissini tezda engib tashladim». Bu o’rinda Gagarin K.D.Ushinskiyning so’zini
maqol qilib keltiradi: hech narsadan qo’rqmay o’zini havf-xatarga uradigan odam mard emas, balki eng kuchli qo’rqinch hissini enga oladigan hamda qo’rqinch hissiga bo’ysunmay, havf-xatar haqida o’ylay oladigan odam marddir». Bu juda to’g’ri aytilgan fikr – deydi Gagarin. Men g’ashlanish va bo’shashishdan hech qanday foyda yo’q ekanini bilar edim. Ana shuning uchun, garchi barcha havf-xatarni aniq bilsam ham, bunday narsalarni miyamga kiritmas edim». (Uchitelskaya gazeta,
№108 ot 9 sentyabr, 1961 goda).
O’zini tuta bilish va qo’rqmaslik odamning qo’rqinch hissini kechirmasligida emas, balki ongni yo’qotib qo’ymay, o’z irodasining kuchi bilan bunday hissiyotlarni bosishi va batamom yo’qotib yuborishidadir. Bu degan so’z – o’zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. O’zini tuta
bilish – vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o’zini biron narsadan tiyish uchun ba’zan
anchagina irodaviy zo’r berishga, ya’ni iroda kuchini ishga solishga majbur bo’ladi.
Irodasi kuchli kishilar deganda biz o’zini mahkam tuta biladigan bosiq kishilarni tushunamiz. Ulug’ Vatan urushi yillarida bizning askarlarimiz, razvedkachilarimiz, qahramon uchuvchilarimiz va temir yo’lchilarimiz kuchli irodaning yuksak na’munalarini ko’rsatdilar.
Irodaviy zo’r berish orqali hushidan ketib qolmaslik va hattoki o’limni to’xtatib qolish kabi hodisalar qadim zamonarda ham bo’lib o’tgani ma’lum. Masalan, asrimizdan oldingi V asrda Gretsiya bilan Eron urushi paytida bir askar greklarning eronliklar ustidan qozongan g’alabalari haqida habar etkazish uchun Marafon degan joydan Afinaga chopib kelgan. Biroq bu habarni etkazgan-u shu zahoti jon bergan. Ana shu askarning xotirasini abadiylash maqsadida sport musobaqalaridan bir turiga, ya’ni 42 kilometr-u 195 metrga yugurishga – «Marafon yugurishi» deb nom berilgan. Janglardan birida Napoleonga bir otliq elchi yugurib kelgan. U Napoleonga xat uzata turib, egarda tebranib ketgan.
Siz yaralanganmisiz?–deb so’raydi Napoleon. – Yo’q; o’ldirilganman- deb javob beradi shu zahotiyoq jasadi otdan ag’darilib tushadi.
O’zini tuta bilishning aksi deganda biz – ixtiyorsiz harakatlar tomonidan engilib, ya’ni yo’q qilib yuboriladigan irodani tushunamiz. Odamning bunday xususiyatini o’ziga kuchi etmaslik, o’zini tiya olmaslik deb ataladi. O’ziga kuchi eta olmaslikning eng keskin ko’rinishi beboshlik, pastkashlikdir. Bunday odam o’zida beixtiyor tug’iladigan salbiy tuyg’ularga, instinktlarga berilib, o’z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tushib qolish demakdir.
Dadillik – kishining hayot va omonligi uchun havfli bo’lgan qarshiliklarni engishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal samolyotdan o’zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o’tib olgan razvedkachilar ham dadillik namunasini ko’rsatadilar. Dadillik o’zini tuta bilish bilan mahkam bog’liqdir. Dadil harakat qilish uchun avvalo o’zini tuta bilish kerak. Dadillik bor joyda o’zini bilish ham bor.
Biron maqsadni amalga oshirishda hamisha dadillik ko’rsatish mardlik va jasorat deb ataladi. Bizning jamoa sportchilarimiz sportning turli sohalarida dadillik va o’zini tuta bilishning ajoyib Qat’iyat. Ma’lum maqsadni amalga oshirishda, ko’pincha uzoq, vaqt davomida irodamizga aks
ta’sir qiluvchi katta qarshiliklarni va qiyinchiliklarni engishga to’g’ri keladi. Ba’zi bir qarshilik va qiyinchiliklar go’yo engib bo’lmaydigandek bo’lib ko’rinadi. Bunday hollarda kishi ba’zan qabul qilingan qarordan voz kechadi. Qiyinchiliklardan cho’chib, o’z oldiga qo’yilgan maqsaddan qaytishi mumkin. Biroq, kishi bunday hollarda boshqacha harakat qilishi ham mumkin: maqsadga erishish uchun qilinadigan harakatlarning usulini o’zgartirishi, yangi yo’llarni o’ylab topishi mumkin. Kishi kerakli natijalarni qo’lga kiritish uchun o’zining butun kuch-quvvatini to’plab, barcha qarshilik va qiyinchiliklarga qaramay, ularga bardosh berib, qabul qilingan qarorga muvofiq, uzoq vaqt davomida harakat qilaverishi mumkin. Katta qarshiliklarni engib uzoq vaqt davomida biron maqsadning payiga tushishda ko’rinadigan bunday

iroda kuchiga
atiyat, matonat deb ataladi.

Bunday yoshlarimiznnng iroda kuchlari dastavval mustaqillikni mustahkamlashga aktiv ravishda qatnashishni qizg’in sur’atda hohlaganliklarida ko’rinadi. Bu iroda kuchi mustaqillikni qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yuksaltirish yuzasidan qo’yilgan ulug’ vazifalarni amalga oshirish yo’lida uchraydigan barcha qiyinchiliklarni engishga qaratilgan ongli qat’iylik va tayyorgarlikda namoyon bo’ladi.
Mashhur fizik Lebedev o’n yil davomida yorug’lik nurlarining qattiq jismlar hamda gazlarga bo’lgan bosim o’rgangan. Lebedev bunday uzoq yillar davomida o’rganish jarayonida belgilangan usullarni yigirma martalab o’zgartirgan va qo’yilgan masalani qoniqarli hal qilguncha tobora yangidan-yangi tajribalar o’tkazib borgan.
Er-xotin Kyurilar bir gramm radiyni tayyorlash uchun sodda, xunarmandlik sharoitida sakkiz tonna uran rudasini qayta ishlaganlar.
Har qanday faoliyatning, jumladan o’qishning ham muvaffaqiyati qat’iyatga bog’liqdir. Bilim egallash uchun qat’iyat kerak bo’lganidek, malakalar orttirish (masalan, muzika malakalari) uchun ham qat’iyat kerak.

Irodaning ahloqiyligi
Irodaning ahloqiyligi deganda biz, odatda, kishi oldiga qanday maqsadlar qo’yganligini, bu
maqsadlarga qanday vositalar yordami bilan erishilishini, irodaviy intilishlar (hohishlar) qanday mayillar tufayli tug’ilishini, ma’lum bir qarorga kelishda kishi qanday tamoyillarga tayanishini nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining ahloqiy sifatlari namoyon bo’lishi tufayli iroda kuchi ijobiy sifat deb hisoblaniladi. Boshqa bir tomondan olganda, odamlarning ahloqiy sifatlari haqida quruq gaplarga qarab emas, balki shu odamlarning ahloqiy kiyofalari namoyon bo’ladigan irodaviy harakatlariga qarab hukm chiqaramiz. Shuning uchun kuchli irodaning – mardlik, o’zini tuta bilish, qat’iyatlik, chidamlilik va botirlik kabi xususiyatlari bizda inson ahloqiy sifatlarining namoyon bo’lishi deb hisoblaniladi.
Odam u yoki bu qarorga kelishida o’zining qarori va hatti-harakatlari uchun ahloqiy jihatdan javobgar ekanligini sezsa hamda anglay olsa, iroda ahloqiy bo’ladi.
Ahloqiylikning darajasi irodaviy protsessning fazalarida, ya’ni motivlar kurashida ham, ma’lum qarorga kelishda ham, qarorni amalga oshirishda ham va qilingan ishlarga keyin baho berishda ham ko’rinadi.
Motivlar kurashi va qarorga kelishda ahloqiylik ma’lum bir motivni asoslashda ko’rinadi.
Shuning uchun, qabul qilingan qarorlar ahloqiy tomondan asoslangan yoki asoslanmagan bo’lishi mumkin. Motivlar kurashidagi hissiy mayllar ham ahloqiy yoki ahloqqa xilof bo’lishi mumkin, chunki kishining ahloqiy holati kechirgan hissiyotlarida va intilishlarida ham ifodalanadi. Ahloqiy tamoyillarga muvofiq sur’atda qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilgan harakatlar ahloqiy qarorlar deb ataladi.
Kishining ahloqiy kiyofasi qabul qiliigan qaror va amalga oshirilgan harakatlarga keyinchalik baho berishda ham ko’rinadi. Agar kishi yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo’lsa, u yaramas qaror qabul qilishdan va nojo’ya hatti-harakatdan o’zini tiyadi, buning oqibatini oldindan o’ylaydi. Shu tariqa, kishi o’z harakatlarining natijalarini oldindan ko’rib qabul qilinishi mumkin bo’lgan qaror va harakatlarni noma’qul topishi yoki ma’kullashi mumkin.
Ahloq dunyoqarash bilan uzviy bog’liqdir.
Kishining irodaviy harakatlarida muhim rol o’ynaydigan hayotiy maqsadlari va tamoyillari xuddi ana shu dunyoqarashdan kelib chiqadi.
Shuning uchun dunyoqarash va ahloq tamoyillariga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan maqsadlar, qarorlar va harakatlar yuksak iroda ko’rsatishdir. Ahloq nuqtai nazaridan, iroda kishining o’z shaxsiy, individual intilishlarini jamiyat manfaatiga bo’ysundira olishiga qarab baholanadi.
Mana shuning uchun biz o’z intilishlarida, qaror va harakatlarida mehnatkashlarning manfaatlariga sodiq bo’lgan, vatanga muhabbat qo’ygan va unga sodiq bo’lgan, mehnatni sevuvchi, qat’iy barqaror, dadil, sabotli, chidamli va o’zini tuta biladigan kishilarni yuksak qadrlaymiz.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin