O’zbekist



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#146002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
22-39 GURUX TALABASI.SOTVODIYEV ISMOILON UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN. Emotsiyaning pedago\'gika jarayonidagi ro\'li.

Mustaqillilik
Kishilarning irodaviy harakatlariga ularning mustaqillilik darajasi jihatidan ham baho beriladi. Biz,
odatda, mustaqil va mustaqil bo’lmagan harakatlar haqida gapiramiz.
Irodaviy harakatlarning mustaqilliligi, avvalo, kishining tashabbuskorligida ko’rinadi. Tashabbuskorlik biron bir ishni shaxsan boshlab yuborishdir. Tashabbus ko’rsatish ma’lum ko’rsatma bo’lishini kutib o’tirmay, biron maqsadni ilgari surish, uni amalga oshirish yo’l va vositalarini tanlash hamda belgilangan maqsadga mustaqil sur’atda erishish demakdir. Tashabbuskorlik, odatda, atrof-tevarakdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talabini epchillik va mohirlik bilan hisobga olish va ko’pincha, yangilikni oldindan ko’ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda ko’rinadi.
Tashabbuskorlik hayotimizning hamma sohasi uchun zarur bo’lgan juda ham qimmatli sifatdir. Tashabbuskor kishilar hamma vaqt ishda va o’qishda faollik ko’rsatadilar. Ular jamiyat, jamoa va
guruhlarda tashkilotchilik qilishga qobiliyatli bo’ladilar va har qanday qiyin muammolarni ham osonlikcha amalga oshira oladilar, yo’l-yo’riqlarini topa oladilar va muvaffaqiyat qozona oladilar.
Mustaqillilik amalga oshirilayotgan va amalga oshirilgan hatti-harakatlar uchun javobgarlikni
sezishda ko’rinadi.
Javobgarlikni sezish deganda biz ayni shu harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch hosil qilishni tushunamiz. Qandaydir xato va yanglishga yo’l qo’yib
yuborilgan vaqtda javobgarlikni sezish – o’z xatolariga samimiy, beg’arazlik bilan va ochiq tan berishda hamda hakqoniy tanqidga diqqat bilan quloq solishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish – o’z xatolarini tuzatishga tayyor turish va haqiqatan ham uni tuzatish demakdir.
Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikrlarini, maslahatlarini va takliflarini tanqidiy mulohaza qilib qarashda ham ko’rinadi. Kishi boshqa odamlar bergan maslahat va takliflarining to’g’riligiga ishonib harakat qilar hamda bu maslahat va takliflarning jamiyat manfaatiga va ahloq
tamoyillariga mos ekanliklarini tushunar ekan, buning bilan u o’z mustaqilligini namoyon qilgan bo’ladi.
Mustaqillilikni irodaning negativizm va qaysarlik kabi salbiy ko’rinishlaridan ajrata bilish lozim.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin