O’zbekist



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə8/16
tarix07.01.2024
ölçüsü3,15 Mb.
#210178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi

2.1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha

Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta'sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lot. tractatus - muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin