O’zbekistan respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad Al-Xorazmiynomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim»fakulteti «Telekommunikatsiya



Yüklə 77,27 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü77,27 Kb.
#208217
1   2   3   4   5
Jalgashova Malohat elek2

KTU bo'yicha hisoblash tartibi

  1. Mustaqil konturlar tanlab olinadi.

  2. Kontur toklar kiritiladi va ular yo'nalishi belgilanadi.

  3. Noma'lum kontur toklar uchun tenglamalar tuziladi (agar konturda tok manbasi bo'lsa, u kontur uchun tenglama tuzilmaydi).

  4. Kontur tenglamalar tizimi echiladi va kontur toklar topiladi.

  5. Shoxobchalardagi toklar yo'nalishlari aniqlanadi va ular qiymati hisoblanadi (shaxobchalardagi toklar kontur toklarga teng bo'ladi).

Superpozitsiya (ustlash yoki jamlash) usuli: Ushbu prinsip chiziqli zanjirlar uchun qo‘llanganda shunday ta’riflanadi: zanjirning ixtiyoriy shoxobchasidagi tokning miqdori, xar bir manbaning alohida ta’siri natijasida (bir manba ta’siri ko‘rilayotganda qolgalarini yo‘q deb hisob) ushbu shoxobchada hosil qilgan toklarning yig‘indisiga teng. Keltirilgan ta’rifdan shuni ko‘rish mumkinki, ko‘rilayotgan usulni mustaqil amal qiluvchi usul (yoki ustlash yoki jamlash) usuli deb atash mumkin. E.yu.k. manbalaridan faqat bittasi ta’sir etayotganda, barcha boshqa manbalarning e.yu.k. lari va tok manbalarining toklari nolga teng deb faraz qilinadi. Kuchlanish manbalarining qisqichlarida kuchlanishning yo‘qligi ular klemmalari qisqa tutashganligiga mos keladi: tok manbalari bo‘lgan shoxobchalarda tokning yo‘qligi, ushbu shoxobcha uzilganidan darak beradi.
Agar manba ichki qarshilik va e.yu.k. ega bo‘lsa, u holda e.yu.k. nolga teng deb faraz qilib, uning shoxobchasida ichki qarshilikni qoldirish zarur. Shunga o‘xshash, manba - tok manbasi va unga ulangan parallel ichki qarshiligi bo‘lgan shoxobcha sifatida berilgan bo‘lsa, tok manbasini uzish zarur
Superpozitsiya prinsipiga asosan ikki (yoki bir necha) rejim uchun hisobni olib borish mumkin; bunda bir marta parametrlari bo‘lgan manbalar ta’sir etadi; ikkinchi marta esa parametrli manbalar ta’sir etadi.
Agar va ; va - toklar shu ikki rejimning toklari bo‘lsa, u xolda xaqiqiy rejimning toklarini aniqlash uchun ushbu ikki rejim toklarini
; ;
ustlash (jamlash) yordamida aniqlash mumkin (agar quyidagilarni qabul qilish mumkin bo‘lsa):
; ;
Bunda shtrixsiz qiymatlar manbalarning xaqiqiy parametrlariga mos keladi.
Hisoblash va tahlil qilishning qulayligiga erishish uchun xar xil rejimlarda zanjirning ixtiyoriy qismiga, aslida mavjud bo‘lmagan, shartli (soxta) manbalarni kiritish mumkin, bunda, faqat ustlash natijasida shartli manbalarning EYuK yig‘indisi va toklar yig‘indisi nolga teng bo‘lishi zarur.
Umumiy holda superpozitsiya usulini quvvatlar uchun tatbiq etib bo‘lmaydi.

Superpozitsiya usuli bilan birgalikda ushbu usul murakkab zanjirlar uchun qo‘llanilishi mumkin. Zanjirda yagona manba bo‘lsa, xech bo‘lmaganda bitta tugunga uchtadan ko‘p bo‘lmagan shoxobcha ulangan, hamda ikkitagina shoxobcha berilib, ular yordamida barcha tugunlar potensiallarini va barcha shoxobchalar tokini aniqlash mumkin bo‘lgan holatlarda ushbu usulni qo‘llash qulaylikka olib keladi. Bu talablarni, masalan, 6-rasmdagi zanjir J=0 bo‘lganda qoniqtiradi. Avval, ikki shoxobcha toklarini ixtiyoriy tanlab (masalan, 8.1-rasmda r2 va r6 shohobchalar toklarini), 2-tugunning uchinchi tokini yengil aniqlash, so‘ngra Om qonuniga binoan boshqa ixtiyoriy shoxobcha (masalan 6-rasmdagi r4 va h.k.) uchun potensiallar farqini hisoblash mumkin.


Yüklə 77,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin