1.ATB “Xalq bank” Do’stlik filialining tashkil etilishi va faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish XALQ BANKI, Oʻzbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki — yirik universal davlattijorat jamgʻarma banki. 1992-y. da sobiq davlat mehnat jamgʻarma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamgʻarmalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamgʻarma banki (1987)ning Oʻzbekiston boʻlimi asosida Oʻzbekiston jamgʻarma banki tashkil etiddi. 1995-y. da bu bank hukumatning maxsus qarori b-n Oʻzbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki deb nomlandi. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%).
Xalq banki keng tarmokdi universal bank, respublikadagi bank tizimining yirik boʻgʻinlaridan biri hisoblanadi. 14 ta hududiy filiali, 188 tuman (shahar) filiali, 144 mini bank, 2517 ta shoxobchalarga ega (2004). Jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatadi.
Bankning asosiy vazifalari: respublikada bank jamgʻarma ishlarini rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan resurelarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoklariga yoʻnaltirish; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va b. turdagi lotereyalarni tashkil qilish va oʻtkazish; xoʻjalik subyektlari va yakka tartibda faoliyat kursatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati koʻrsatish, uchinchi shaxs foydasiga toʻlovlar qabul kilish va b. Bank muassasalari davlat tomonidan koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga tarqatdi.
Xalq banki Jahon jamgʻarma banklari inti, Germaniya xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro jamgʻarma banklari assotsiatsiyasi, «SWIFT», «WESTERN UNION» xalqaro toʻlovlar tizimiga aʼzo. Bankning jami aktivlari (ming soʻm) — 70534634, bank kapitali — 14018286, investitsiyalari — 2871773, kredit portfeli — 12180978, bank majburiyatlari — 56616348, daromadi — 15004633, likvidligi — 88,7% (2004, 1 yanv. ; 2002-y. da tegishlicha 31850108; 5914903; 312964; 5270258; 25935205; 7797813; 85,1%). Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.