O’zbekisto respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


ATB “Xalq bank” Do’stlik filialining boshqaruv operatsiyalarining mavjudligi va imkoniyatlarini o’rganish



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə10/11
tarix17.10.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#156739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqil ish 1

4.ATB “Xalq bank” Do’stlik filialining boshqaruv operatsiyalarining mavjudligi va imkoniyatlarini o’rganish.Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
1) o’z aktivlari butligini ta'minlash;
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyat lariga kirishi lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. OATB “Hamkorbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi. Ssuda hisob varaqalarini ochish tartibi. Kredit olish uchun bankda har bir kredit bo‘yicha alohida ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa, bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko‘rsatiladi.Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit oluvchi korxonaga ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Qaysi turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektligiga qarab tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Masalan: jismoniy shaxslarga 12500, yuridik maqomga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlarga kredit berish uchun 12600 balans hisobvarag‘i bo‘yicha ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Davlat korxonalariga kredit berishda esa 12700 balans hisobvarag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmoqchi bo‘lgan korxonaning xos raqami bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal xos raqam 04952452 bo‘lsa so‘mda berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi davlat korxonasi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi. 12701000K04952452001Bu hisobvaraqda bank tomonidan davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisob raqamining debetida davlat korxonalariga berilgan ssudalar summasi aks ettiriladi. Hisob raqamining kreditida esa qarzdorlar tomonidan qaytarilgan ssudalarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kreditlarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.Xuddi shunday tartibda boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan, qarz olmoqchi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ssuda hisobvaraqlari ochiladi va ular bo‘yicha kredit berish va qaytarib olish bo‘yicha operasiyalar bajariladi..

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin