O’zbekisto respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə2/11
tarix17.10.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#156739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqil ish 1

Litsenziya raqami:25, 13.10.2018
Filial va bankomatlar:Filiallar: 199 Bankomatlar: 1330 Mini banklar: 30
E-mail:info@xb.uz
Aloqa telefoni:1106+998(71)210-20-02
Ishonch raqami:+998(71)210-20-02
Rasmiy sayt:www.xb.uz

Yuridik nomi: O'zR XALQ BANKI DO‘STLIK FILIALI
Brend nomi: O'zR XALQ BANKI DO‘STLIK FILIALI
Faoliyat sohalari:Banklar, Bыstraya pochta pul o‘tkazmalari, Contact pul o‘tkazmalari, Lider pul o‘tkazmalari, MoneyGram pul o‘tkazmalari, Unistream pul o‘tkazmalari, Western Union pul o‘tkazmalari, Yuridik shaxslar uchun milliy valyutada bank omonatlari - xizmatlar, Zolotaya korona pul o‘tkazmalari


  1. Tashkilotning faoliyat doirasi: Xizmat ko’rsaatish

  2. Faoliyatining qisqacha tavsifi: Uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar qurilishi bilan bog’liq loyixalarni kreditlash bo’yicha kompleks xizmatlar, shuningdek tadbirkorlarga keng ko’lamli bank va konsalting xizmatlari ko’rsatish.

  3. Mulk shakli: Kooperativ mulk

  4. Tadbirkorlikning tashkil etish shakli: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki

  5. Tashkil etilgan sana: 1875-yil 10-may

  6. Ishchilar soni: 40

  7. Tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot( ko’rsatilayotgan xizmat):

  • pul mablag’larini omonatlarga(depozitlarga) jalb etish;

  • to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank xisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning bank xisobvaraqlarini, shu jumladan bank vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

  • chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakldagi operatsiyalar;

  • inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko’rsatish;

  • lizing berish;

  • qonun xujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;

  • molyaviy operatsiyalar bilan bog’liq maslahat xizmatlari ko’rsatish;

  • elektron pullarni chiqarish, undan foydalanish va to’lash va boshqalar.

KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashda banklarning, shu jumladan aktsiyadorlik jamiyatlarining beqiyos o‘rin tutishini alohida ta’kidlagan holda shuni aytish mumkinki, banklarga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi banklar faoliyatning rivojlantirilishiga olib keldi. Banklar har qanday iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi eng muhim omil ekanligini e’tirof etgan holda, milliy iqtisodiyotga banklarning soni yildan-yilga ortib borayotganlini alohida aytib o‘tish mumkin.
Mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlar, qurilish va bunyodkorlik natijasida, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoat va qurilish sohalarining ulushi juda katta sur’atda oʻsishga erishdi. Bunda banklardan berilayotgan moliyaviy imkoniyatlar va kreditlar natijasidir. Birgina oʻtgan 2023-yilda mamlakatimiz YaIMi tarkibida qurilishning ulushi 7.6%ga yetishi kutilmoqda, tovarlar ishlab chiqarishda 580304,2 mlrd. so'm, yoki, 34% ni tashkil etganligining oʻzi buni tasdiqlab turibdi. Bundan ko‘rinib turibdiki tadbirkorlik sohalarida sezilarli darajada o‘sish ko‘rinmoqda.
Har qanday mamlakatning yuksalishi va ravnaq topishida bankning roʻli katta, chunki aynan bank sohasi jahonda iqtisodiy integratsiyaga, moliyaviy kelishuvlar , pul o‘tkazmalari kabi omillarni shakllanishida muhim. Bugungi davrda banklar kuchli va ilgʻor mamlakatlar dunyoda yetakchi mavqeyga ega, albatta tadbirkorlikni rivojlantirish buning asosiy sababi, chunki agar mamlakat faqatgina xizmat ko‘rsatish yoki pul o‘tkazmalari bilan cheklansa u uzoqqa bormaydi. Ayni paytda mamlakatlar iloji boricha bank sohalarini rivojlantirishga va ularni xizmat sifatlarini oshirishga harakat qilmoqda. Bu borada ko‘plab qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g’risida”gi qonunga qo‘shimchalar qo‘shilib bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g’risida”gi qonun ham misol bo‘la oladi. Bankalarni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risi”dagi Prezident farmoni PF-5296 farmoni qabul qilingan. Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi. Quyidagi hisobot aynan AT Xalq bankida o’talgan tanishuv-malakaviy amaliyoti natijasida olingan ma’lumotlar asosida yozilgan…

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin