Turizm sohasi rivoji – bu mamlakatni dunyoga tanitishning muhim omili demakdir. 2018-yilda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinishi kunchiqar yurtning fuqarolarini Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi yanada orttirdi. Shuningdek, davra suhbatida ekspertlar tomonidan mamlakatimizda Yaponiya OTMlari filiallarini tashkil etish qanchalik muhim ekanligi, undan tashqari, infrastrukturani yaxshilashga oid takliflar bildirildi. Davra suhbati ishtirokchilari Toshkent va Tokio oʻrtasida “Yaponiya + Markaziy Osiyo” formatidagi hamkorlik haqida soʻz yuritishar ekan, Yaponiya Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda ishonchli va yaqin qoʻshnichilik muhitini yaratishga qaratilgan mintaqaviy siyosatini qoʻllab-quvvatlashini alohida qayd etishdi. Shu bilan birga, Kunchiqar mamlakat Markaziy Osiyoda oʻzining mintaqaviy siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga alohida ahamiyat qaratadi. Bunga Yaponiyaning mazkur mintaqa davlatlariga ajratgan yordami hajmining 57 foizi Oʻzbekistonga toʻgʻri kelishi fikrimiz dalilidir