Oʻzbekiston va Yaponiya mamlakatlarni yaqin koʻp qirrali hamkorlik bogʻlab turadi, ular strategik sherik hamdir. Davlatimiz rahbarining 2019-yil dekabr oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. 2020-yilning 7-yanvar kuni esa “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Oʻzbekiston-Yaponiya: IV sanoat inqilobi davrida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi. Unda asosiy eʼtibor ham 2020-yilda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratildi. Mazkur tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi hamkorligida tashkil etildi. Muhokamalarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “Maʼno” tadqiqot tashabbuslari markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Ekspertlarning fikricha, Yaponiyaga tashrif yakunlari boʻyicha imzolangan kelishuvlar Yaponiya kapitalining Oʻzbekistonda mustahkam oʻrin egallashiga zamin yaratadi. Masalan, Nagoya shahri bilan Toshkentda yuqori texnologiyalar parki barpo etish, Oʻzbek – Yapon yoshlarining innovatsion markazini tashkil qilish boʻyicha erishilgan kelishuv natijasida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari jadal rivojlanishini taʼminlovchi mustahkam platforma yaratiladi. Shuningdek, yosh, istiqbolli kadrlarni tayyorlash imkoniyatlari yanada kengayadi