O‘zbekiston aloqa, axboratlashtirish va telekomunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi


 Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari



Yüklə 219,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix23.05.2023
ölçüsü219,59 Kb.
#120375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 
2. Uy xo’jaliklari. 
3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 
4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari. 
Bozorli operasiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi: 
1. Tovarlar va hizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, 
iste`mol qilish, import va shu kabilar). 
2. Taqsimlash operasiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sugurta to’lovlari va 
h.k.) 
3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, 
valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va 
h.k.)
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi 
alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va ulardan 
foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir operasiya 
to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta resurslar va ikkinchi 
marta foydalanish sifatida yoziladi.
BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD harakti, kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan operasiyalar; mukammal 
hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, daromadlarning harakati, ularning taqsimlanish 


va pirovard foydalanishi ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni 
daromadlar va sarflar bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi. 
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy ishlab 
chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga ustunlik 
berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda qo‘llaniladigan mexnat tan 
olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy xol hisoblanadi. 
Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari milliy 
ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan: 
1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.
2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat. 
Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish va 
ulardan uzo? yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar ho‘jalik amaliyotida 
foydalanishga sabab bo‘lgan. 
Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish sohalari 
rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas. 
Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy maxsulot 
ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir yilda) moddiy ishlab 
chiqarish sohalarida yaratilgan barcha maxsulotlar o‘zining qiimat ifodasida jami 
ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi. 
Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari ishlab 
chiqaradigan tarmoqlardan iborat bo‘lganligi sababli jomi ijtimoiy maxsulot 
(JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish vositalari va iste`mol 
buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida JIM tarkibii elementlarining 
iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab chiqarish vositalaridan iborat 
qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
foydalaniladi va demak belvosita iste`molni qondiradi, iste`mol buyumlari (oziq-
ovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni 
qondirish uchun ishlatiladi. 


JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi ayrim tarmoqlar 
(sanoat, qishloq ho‘jaligi va shu kabi) maxsulotlarining ulushi sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (S) va 
yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. 
JIMni W bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi.
Yangidan yaratilgan qiymat zaruriy maxsulot eki ishchi kuchi qiymatidan (V) va 
qo‘shimcha maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.
JIM ko‘rsatkichi muxim kamchilikga ega. Uni hisoblashda ishlab chiqarishning 
barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori bir necha marta 
ko‘rib chiqiladi 
Boshqacha aytganda: 
JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot 
Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari uchun harid 
qilingan tovarlar kiradi. 
Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib olinadigan 
tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. 
Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan ozod 
bo‘lsada, u mexnat vositalarining yillik amortizasiya ajratmalari summasiga teng 
bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, oldingi davrlarda vujudga 
keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish hodimlarining joriy yildagi 
faoliyatini aniq baxolash uchun boshqa umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur 
bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy maxsulot qisoblanadi. 
Sof milliy maxsulot - bu yalpi ijtimoiy maxsulotning bir qismi bo‘lib, o‘zida 
moddiy ishlab chiqarish soqalarida yil davomida yangidan vujudga keltirilgan 
qiymatini ifodalaydi. 
Milliy daromad pirovard maxsulot –omortizasiya eki W-ChV+m 
Butun milliy iqtisodiyotining holatini harakterlovchi muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkich - yalpi milliy maxsulot YAMM hisoblanadi. 


Bu ko‘rsatkich moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy hizmat ko‘rsatish 
sohalaridagi barcha xo‘jalik birliklari iqtisodiy faoliyati pirovard natijalarini 
qamrab oladi. 
Yalpi milliy maxsulot (YAMM) - milliy ho‘jalikda bir yil davomida vujudga 
keltirilgan pirovard maxsulot va hizmatlar bozor qiymatidan iborat bo‘ladi. 
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha 
pirovard maxsulot (hizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab 
chiqilgan barcha maxsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni 
to‘ldiradi. Ya`ni YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday o‘sish 
hisobga olinishi zarur, chunki YaMM erdamida joriy yildagi barcha maxsulotlar 
(sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. 
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur 
yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot va hizmatlar bir marta hisobga olinishi 
zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni ko‘p 
marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, halq ho‘jaligining barcha 
tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Bizning yuqorida 
keltirilgan misolda (XVII-2 jadval) bu 250 sўmni tashkil qiladi. 
Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan 
etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste`mol qilingan hom-ashe va materiallar 
qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 
Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat - bu korxona yalpi maxsulotidan eki ishlab 
chiqargan maxsulotining bozor narhidan joriy moddiy harajatlar chiqarib 
tashlangan miqdoriga teng. 
YaMM epdamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik 
hajmini hisoblashga harakat qilinadi. Ko‘zlangan maqsada erishish uchun 
iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan kuplab unumsiz bitimlar hisobga 


olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud. 1. Sof moliyaviy 
bitimarlar. 2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish. 
Sof moliyaviy bitimlar o‘z navbatida uchta asosiy turga bo‘linadi: a)davlat 
budjetidan bo‘ladigan ijtimoiy to‘lovlari; b) hususiy ijtimoiy to‘lo‘vlar; c)qimmatli 
qog‘ozlarni sotish va sotib olish.
Davlat ijtimoiy to‘lovlari o‘z ichiga davlatning alohida shaxs va oyilalarga 
beradigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari, ishsizlik bo‘yicha nafaqalap va 
faxriylik nafaqalarini oladi. Davlat ijtimoiy to‘lovlarining muxim xususiyati 
shundan iboratki, uning oluvchilari bu to‘lovlarga javoban ishlab chiqarishning 
joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Shunday ekan, ulapni 
YaMM hajmiga kiritish, shu yil uchun bu ko‘rsatkichni oshirishga olib kelgan 
bulup edi. 
Xususiy ijtimoiy tulovlar, masalan, dorilfunun talabasining uyidan oladigan oylik 
yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. 
qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitimlar, masalan, aksiya va obligasiyalarni 
sotish-sotib olish hajmi ham YaMM ga kiritilmaydi. Chunki by bitimlar to‘g‘ridan-
to‘ri joriy ishlab chiqarish ?azhmini ko‘paytirmaydi.
Ushlab turilgan buyumlarni sotish yohud joriy ishlab chiqarishni aks ettitmaydi, 
ehud ikki marta hisobni o‘z ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab 
chiqarilgan avtomashinangizni sotdingiz. YaMM hajmini aniqlashda bu bitim 
hisobga olinmasligi zarur, chunki u ishlab chiqarish joriy hajmining ko‘payishi 
bilan birga bormaidi. Bir necha yil oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish 
summasini zhorii iildagi YaMM hajmiga kiritish, shu yildagi ishlab chiqarish 
hajmining sun`iy oshirilishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaMM bilan birga, 
uning asosida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bogliq ko‘rsatkichlar 
mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini harakterlab beradi. 
YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport, eksport va import o‘rtasidagi farq kiradi. Ammo 
turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmoqi keskin farqlanadi. Shu 
sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini halqaro taqqoslash uchun yalpi 


ichki maxsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma`lum vaqt 
davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot va 
hizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatlar 
yig‘indisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bo‘lsa undan to‘lov balansi qoldig‘i 
(eksport va import o‘rtasidagi farq)ni chiqarib tashlash yo‘li bilan YaIM 
aniqlanadi. 
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muxim 
kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan 
o‘rnini to‘plash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. 
YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan kapital qiymati 
yoki yillik amortizasiya summasi ayirib tashlansa sof milliy maxsulot (SMM) 
ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. 
YaMM - amortizasiya yillik summasi = SMM 
Shunday bo‘lib, SMM amortizasiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM 
sifatida chiqadi. 
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri 
soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan baxoga qo‘shimcha hisoblanadi. 
Bunday soliqlar iste`molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining 
daromadining bir qismini yo‘qotadi. SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa 
milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. 
Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan, milliy daromad ularning joriy 
ishlab chiqarishda qatnashishdan olgan daromadlari summasi, korxona nuqtai 
nazaridan ishlab chiqarish omillari eki resurslari baxosi ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyotda bu ko‘rsatkich mazkur yilda ishlab chiqarish hajmini 
yaratishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor baxolarini aks ettiradi.
SMM - biznesga egri milliy daromad. 
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan 
MD - bu yangidan yaratilgan tovar va hizmatlar qiymatining butun hajmi. 
Foidalanilgan MD - bu ishlab chiqarilgan Md-dan yoqotishlar (tabiy ofatlar, 


saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldiqi chiqarib tashlangan 
miqdorga teng. 
Bizning amaliyotda MD iste`mol va jamg‘arish fondiga ajratiladi. Iste`mol fondi - 
bu milliy daromadning jamiyat a`zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini 
hamda butun jamiyat ehtijojlarini (ta`lim, mudofaa va h.k.) qondirishni 
ta`minlashga ketadigan qismi. Jamg‘arish fondi - bu milliy daromadning ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni ta`minlaydigan qismi. 
Milliy daromadni daromadlar barcha turlarini (amortizasiya ajratmasi va biznesga 
egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy stroxovaniyaga ajratmalar, 
kopxona foidasiga soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaidigan foydasi amalda uy 
xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan 
daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular qilgan mexnatining 
natijasi hisoblanmaydi. 
Shaxsiy daromad kўrsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari 
qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib 
tashlashimiz, hamda joriy mexnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan 
daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. 

Yüklə 219,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin