Hozirgi vaziyatda makroiqtisodiy jihatdan muntazam ijobiy natijaga erishish o‗z-
o‗zidan bo‗lmaydi, albatta. Uning zamirida elim-yurtim hech kimdan kam
bo‗lmasin, degan zahmat, uzoqni ko‗zlagan oqilona siyosat va sizu bizning,
farzandlarimizning nurli kelajagiga otashin intilish yotibdi.
Shunday ekan, bu ezgu harakat har birimiz uchun nechog‗li qimmatli ekanini
anglashimiz zarur.
Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, raqamlar o‗z yo‗liga, lekin ularning ortida
minglab, yuz minglab, millionlab yurtdoshlarimizning turmush tarzi, ertangi kuni,
taqdiriga bog‗liq zahmatlar va iqtisodiy asoslar yotibdi. Ammo buni doim chuqur
anglab yetavermaymiz. Mana, nima uchun yil yakunlarida bu ko‗rsatkichlar qayta-
qayta tilga olinadi, tahlil qilinadi, o‗tgan yillar natijalari bilan qiyoslanadi!
Dostları ilə paylaş: