O‘zbekiston aloqa, axboratlashtirish va telekomunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi


Mexnat haqi (zaruriy maxsulot) 1956,7 mlrd so’m (38,4%)



Yüklə 219,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix23.05.2023
ölçüsü219,59 Kb.
#120375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mexnat haqi (zaruriy maxsulot) 1956,7 mlrd so’m (38,4%) 
Aralash daromadlar bilan birga yalpi foyda (qo’shimcha maxsulot) 2205,9 
mlrd so’m (9,4%) 
Sof soliqlar 480,7 mlrd so’m (9,4%) 
YaMM (YaIM) tarkibiga kirgan daromadlar va daromad to‘lash bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sarflar (amortizasiya va egri soliqlar) ning aloxida turlarini batafsil 
qarab chiqamiz. 
Kapitalning ko‘pchilik turlarining foydali hizmat muddati bir necha yildan ancha 
ko‘p. Investision tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar va ularning unumli 
xizmat muddati amalda bir davrga to‘g‘ri kelmaydi. Natijada bir tomondan sotib 
olish davrida foydaning va demak butun daromadning pasayishiga va boshqa 


tomondan keyingi yillarda foyda va yalpi daromadning oshib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida alohida kopxonalar investision tovarlarning foydali xizmat 
muddatini hisoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng 
taqsimlaydi. Kapitalning yil davomida ishlab chiqarish jarayonida istemol qilingan 
va yaratilayotgan maqsulotga ko‘chgan qiymati amortizasiya deyiladi. 
Amortizasiya kapital turlari bo‘yicha har yili ajratib boriladi. Masalan, to‘quv 
dastgohining qiymati 5 mln so‘m, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik 
amortizasiya ajratmasi 0,5 mln so‘mni (5:10) tashkil qiladi.
Amortizasiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YaMM) qiymati 
tarkibiga ishlab chiqarish harajatlari sifatida kirib, maxsulot sotilishi natijasida pul 
shaklida qaytib keladi va amortizasiya fondi hisobida to‘planib boradi. Bu fond 
mablag‘laridan istemol qilingan kapitalni qayta tiklash, ya`ni yangi investision 
tovarlar sotib olish va amal qilib turganlarini qayta tiklash (kapital remont va 
restovratsiya) uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit 
resurslarining manbayi ham hisoblanadi.
Daromad to‘plash bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlarning boshqa turi shu sababli 
vujudga keladiki, davlat korxonalaridan ma`lum bir soliqni undirib oladi va ular 
biznes egri soliqlar deyiladi. Korxonalar unga ishlab chiqarish harajatlari sifatida 
qaraydi va shu sababli mahsulot bahosiga qo‘shadi.
Bunday soliqlar o‘z ichiga aksizlar, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, 
lisenziya va bojxona to‘lovlarini oladi.
Daromadlarning eng katta turi birinchi navbatda ish haqini o‘z ichiga olib, u 
tadbirkorlar va davlat tomonidan mexnatini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish 
haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, xususan, tadbirkorlarning ijtimoiy sug‘urta 
to‘lovlari va nafaqa ta`minotining xar hil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va 
boshqa har xil yordamlarni o‘z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo‘shimchalar 
tadbirkorlarning ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatining bir qismi 
sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to‘lashga umumiy sarflarining 
elementi sifatida qaraladi.


Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, er) bilan ta`minlovchi uy 
xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona harajatlari tarkibiga kiradi.
Foiz xususiy biznesning pul kapitali rgalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. 
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar, foizli daromadlardan 
chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkda daromad 
eki nokorporativ tadbirkorlik sektori daromadi, boshqa qismi esa korporasiyalar 
foydasi deyiladi. Nokorporativ tadbirkorlik sektori daromadi shaxsiy, sherikchilik 
va kooperativ mulkda joylashgan kopxonalap sof daromadini bildiradi.
Korporasiyalar foydasi uch usulda foydalanilishi mumkin. Birinchidan, ma`lum 
qismiga davlat davogar hisoblanadi va uni korporasiyalar foydasiga soliq shaklida 
oladi. Ikkinchidan, foydaning qolgan bir qismi, aksionerlarga dividend shaklida 
to‘lanadi. Uchinchidan, daromad soliqi va dividend to‘langandan keyin qolgan 
qismi, korxonaning taqsimlanmagan foydasi deyiladi. Kopxonaning bu 
taqsimlanmagan foydasi iste`mol qilingan kapitalni qayta tiklashga ajratmalar 
(amortizasiya ajratmasi) bilan birga ob`ektlar qurish va uskunalar sotib olish 
maqsadida ishlatiladi.
3. Nominal va real yalpi milliy maxsulot va ijtimoiy farovonlik. 
YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning 
bozor qiymati yoki boshqacha aytganda bozor baxosi hisoblanadi. Baxo ishlab 
chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga 
keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Har xil 
yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat baxo o‘zrarmagan taqdirda 
o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari baxo darajasi bizga 
iqtisodiyotda inflyasiya (baxo darajasining o‘sishi) eki deflyasiya (baxo 
darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqiyosi qandayligini bilish 
imkonini beradi.
Baxo darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Baxo indeksi joriy yildagi ma`lum 
guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami baxolari summasini, xuddi shunday tovarlar 


va xizmatlarning bazis davrdagi baxolar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. 
Taqqoslashning boshlang‘ich davri "bazis yil" deyiladi
Jopiy yilda oldingi yillarga nisbatan baxo indeksining o‘sishi inflyasiyani, 
pasayishi esa deflyasiyani ko‘rsatadi.
YaMM bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilgan tovarlar miqdorining 
o‘zgarishini, ham baxo darajasining o‘zgarishini aks ettiradi.
Bu shuni bildiradiki, YaMM miqdoriga butun maxsulot jismoniy hajmining va 
baxo darajasining o‘zgarishi ta`sir ko‘rsatadi. Ammo kishilarning turmush darajasi 
birinchi navbatda baxolarga emas, balki ishlab chiqarilgan va aloxida shahs hamda 
oilalarning qo‘liga kelib tushgan tovarlar miqdoriga bog‘liq.
YaMM ko‘rsatkichini hisoblashda biz shunday vaziyatga to‘xtab kelamizki, har
xil yillar uchun hisobot to‘plamlaridan YaMM haqidagi ma`lumotlarni olib, 
qaysidir yilda nominal YaMM ning ko‘payishi qandaydir darajada bir tomondan 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi va boshqa tomondan baxoning o‘zgarishi 
hisobiga ro‘y berganligini aytib bera olmaymiz. Muammo shundan iboratki, 
YaMMning qiymat ko‘rsatkichini maxsulot jismoniy hajmining o‘zgarishini 
(baxolarning emas) o‘zida aniq aks ettiradigan qilib tuzatish taqozo qilinadi. Bu 
qiyinchiliklarni bartapar qilish usuli quyidagidan iborat: baxoning o‘sishini 
hisobga olib YaMM jismoniy ko‘rsatkichini qisqartirish va aksincha baxo 
tushganda uni oshirish.
Ko‘rsatilgan tuzatish, bizga, xar hil yillarda baxolar va pul birligining kursi 
o‘zgarmay qolganda YaMM hajmi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Joriy baxolarda va pulning kurslari bo‘yicha hisoblangan YaMM nominal YaMM 
deyiladi. Inflyasiya (baxolarning oshishi) yoki deflyasiya (baxolarning tushishi)ni 
hisobga olib, pulning o‘zgarmas kurslarida hisoblangan YaMM real YaMM 
deyiladi. 
Jopiy yildagi nominal YaMMni real YaMMra aylantirishning ancha oddiy va 
to‘g‘ridan to‘g‘ri usuli nominal YaMMni baxo indeksiga bo‘lishdir
Bu quydagi ko‘rinishni oladi:
Nominal YaMM / Baxo indeksi real YaMM, 


Xulosa qilib aytish mumkinki, real YaMM ko‘rsatkichi yordamida har xil 
yillardagi ishlab chiqarish umumiy qiymati hisoblanib, o‘zaro taqqoslanadi. Real 
YaMM doimiy baxolarda hisoblanishi tufayli, nominal YaMMga qaraganda 
iqtisodiyot real hajmining o‘zgarishi ancha aniq xarakterlab beradi. 
YaMM (YaIM)ni hisoblashda har ikkala soha, moddiy va nomoddiy ishlab 
chiqarishning natijalari hisobga olinsada, u ijtimoiy faravonlikni to‘liq harakterlab 
berolmaydi. Bu YaMM ko‘rsatkichida bir qator holatlarni va faoliyat natijalarini 
hisobga olish mumkin emasligi bilan izohlanadi.
Bular jumlasiga quydagilar kiradi: 
- uy bekalarining uy-ro‘zg‘or xo‘jaligida va qishloq xo‘jalik hodimlarining 
tomorqa xo‘jaligida bajargan ishlari. 
- intellektual soha hodimlari (olimlar, ilmiy hodimlar) ning tayor maxsulot shaklida 
ifodalanmagan ishlari; 
- barter ayir boshlashlar; 
- ish vaqti (kunlari)ning qisqarishi va bo‘sh vaqtning oshib borishi; 
- maxsulot va hizmatlar sifati tavsifining yaxshilanishi; 
- yalpi maxsulot tarkibi va taqsimlanish tartibining o‘zgarishi; 
- aholi jon boshiga maxsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi; 
- hufena iqtisodiyot daromadlari. 
Milliy iqtisodiyot hufyona sektorining hodimlari bir qator yashirin faoliyat 
turlaridan oladigan o‘zlarining daromadlarini yashirishga harakat qiladi. Bundan 
tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining 
bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. 
Masalan, tadbirkor maxsulot sotishdan olgan daromadining bir qismini, ishchi 
rasmiylashtirishsiz yoki naxd pul to‘lashga kelishib oladigan daromadini 
deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. 
Inflyasiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real 
daromad shunchalik kamayadi, bu ularning naqd pul yoki natural tovar 
ayirboshlash orqali daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot 
miqiyosi haqida rasmiy ma`lumotlar bo‘lmasada, ko‘pchilik baxolashlar uning 


hajmi YaMMning 5-15% ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini 
ko‘rsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib 
borishini tasdiqlashga dalillar ham bor. Nihoyat, axolining qancha qismi yashirin 
iqtisodiyot yoki faoliyatga jalb qilingan bo‘lsa, daromadning shuncha qismi soliq 
hujjatlaridan yashiriladi, bu ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot ma`lumotlarining 
oshirilib ko‘rsatilishiga olib keladi. Hufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat 
natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi.
Bundan tashqari YaMM (YaIM)ga ta`sir ko‘rsatuvchi shunday omillar ham 
mavjudki ularning ta`siri natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘rayishi jamiyat 
farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab 
chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi. 
Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muxit 
buzilishining boshqa turlaridir. O‘z-o‘zidan aniqki, atrof muxitning ifloslanishi 
bilan bog‘liq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy ta`sir ko‘rsatadi. YaMMni 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof muxitning ifloslanishini bartaraf qilishga 
ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi 
va shunday qilib YaMM moddiy faravonlik darajasini oshirib ko‘rsatadi. YaMM 
hajmi qanchalik katta bo‘lsa, atrof muxitning ifloslanishi va YaMM miqyosining 
oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi. 


Xulosa 

Yüklə 219,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin