qo‗mitasi ma‘lumotlariga ko‗ra, YaIM ko‗rsatkichlari bo‗yicha diyorimiz 2004 yili
ilg‗or davlatlarning o‗rtacha o‗sish sur‘atlariga yaqinlashdi. Keyingi davrda esa
Rossiya va Ukraina kabi davlatlardan ham o‗zib ketdi.
Bu, avvalo, izchil va oqilona ichki siyosat natijasi, qolaversa, amalga
oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, bu yo‘ldagi aniq maqsadli sa’y-harakatlar
mevasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Bu davrda mamlakat iqtisodiyotning real tarmog‗iga yo‗naltirilgan investitsiyalar
hajmi ham yil sayin oshib bordi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy
sarmoyalar faol jalb
etildi, ayniqsa, neft, gaz va to‗qimachilik sanoatida ularning ulushi yanada
salmoqli bo‗ldi.
Mana shuning natijasida 2004 yili YaIM ilk bor 7,7 foizga o‗sdi. Shuningdek,
qat‘iy pul-kredit siyosati natijasida ilk marotaba inflyatsiya darajasi eng past — 3,7
foiz bo‗lishiga erishildi.
Ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun soliq yuki kamaytirildi va
shu tariqa soha qo‘llab-quvvatlandi. Soliq tizimini soddalashtirish, to‘lovlarni
kamaytirish ustuvor vazifalarimizdan biriga aylandi. Ayniqsa, yagona soliq
to‘lovining 13 foizga tushirilishi tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanishida
muhim omil bo‘ldi. O‘sha yili YaIM hajmi 7 foizga o‘sdi.
2007 yili barqaror iqtisodiy o‗sish (9,5 foizga) ta‘minlanishi, avvalo, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va diversifikatsiyalash, bank tizimidagi, xususan, aholining
boyish manbalaridan biri bo‗lgan omonatlardagi depozitlar foizini oshirish, uy-joy-
kommunal xo‗jaligidagi tarkibiy islohotlar natijasidir.
Qolaversa, yirik sanoat,
kommunikatsiya, infratuzilma ob‘ektlarining barpo etilishi,
milliy transport
kommunikatsiyalari yagona tizimining takomillashtirilishi bunga mustahkam
zamin yaratdi.
So‗nggi ikki yil davomida bunday ezgu ishlar muttasil amalga oshirildi. Mana
shunday sobitqadam siyosat tufayli dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukm
surgan hozirgi vaziyatda nafaqat milliy iqtisodiyotda YaIMning hajmi o‗tgan yillar
darajasida saqlab qolindi, balki barqaror iqtisodiy o‗sish izchil davom etdi.
Hozirgi vaziyatda makroiqtisodiy jihatdan muntazam ijobiy natijaga erishish o‗z-
o‗zidan bo‗lmaydi, albatta. Uning zamirida
elim-yurtim hech kimdan kam
bo‗lmasin, degan zahmat, uzoqni ko‗zlagan oqilona siyosat va sizu bizning,
farzandlarimizning nurli kelajagiga otashin intilish yotibdi.
Shunday ekan, bu ezgu harakat har birimiz uchun nechog‗li
qimmatli ekanini
anglashimiz zarur.
Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, raqamlar o‗z yo‗liga, lekin ularning ortida
minglab, yuz minglab, millionlab yurtdoshlarimizning turmush tarzi, ertangi kuni,
taqdiriga bog‗liq zahmatlar va iqtisodiy asoslar yotibdi. Ammo buni doim chuqur
anglab yetavermaymiz. Mana, nima uchun yil yakunlarida bu ko‗rsatkichlar qayta-
qayta tilga olinadi, tahlil qilinadi, o‗tgan yillar natijalari bilan qiyoslanadi!
Dostları ilə paylaş: