Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Ariza amaliyotda eng ko`p qo`llanadigan va kеng tarqalgan ish qog`ozidir. Maktab o`quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo`llanayotgan muassasalar va idoralar g`oyat xilma-xildir.