O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi


AMALIYOT O’TILGAN JOY HAQIDAGI MA’LUMOT



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə2/5
tarix07.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#126318
1   2   3   4   5
Xudoyqulov Sh

AMALIYOT O’TILGAN JOY HAQIDAGI MA’LUMOT

Samarkand viloyat kutubxonasi 1911 yil dekabrda ochilgan. Kutubxona tashkilotchilari va tashabbuskorlari mashxur arxeolog – Vyatkin V.L., polkovnik Brjeziskiy, agronom Grushanovskiy, Ye.M.Volnev va boshqalar bo'lgan.
Avval kutubxona muzey bilan bir binoda joylashgan. Xozir bu chiroylik minorali Saroy kabi bino Amir Temur va M.Koshgariy chorraxasini bezab turibdi va uning old tomonida yirik xarflar bilan «Chitalnaya» deb yozilganini kurish mumkin.
Dastlabki kitob fondi turli adabiyotlarning atigi 2 ming nusxasini tashkil etgan.
Kutubxonaning birinchi direktori amaldor maslaxatchi Andreyev V.A. bo'lgan, u kutubxona katalogini tuzish ustida ishlagan. Dikson o'zining 1916 yil 16 mayda «Turkistanskiy kuryer» gazetada chop etilgan «V stolise Temerlana» maqolasida Samarqand shahri xayotining ba’zi tomonlarini tasnifidan tashqari shaxar ommaviy kutubxonasi haqidagi qizikarli ma’lumotlarni keltiradi. U qisman, Samarqandda 50 ming axoli borligini e’lon qiladi. 1915 yilda kutubxonaga yil davomida 373 kishi a’zo bo'lgan, o'quv zaliga 7216 kishi kelgan, kutubxona xayr-ehson bilan qullab-quvvatlanadi.
1917 yildan keyin Samarqand shahar ommaviy kutubxona OkrONO ning markaziy kutubxonasi, 1920 yildan fundamental deb nomlangan, 1927 yildan respublika Narkomprosning ixtiyoriga o'tdi va davlat kutubxonasi deb nomlandi.
1937 yilda buyuk rus shoiri A.S.Pushkin vafotining 100 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kutubxonaga A.S.Pushkin nomli Davlat kutubxonasi nomi berilgan.
Yildan yilga kutubxonaning kitob fondi o'sdi, bulimlar tizimi rivojlandi. 1960 yilga kelib kutubxona fondi turli bilim sohalari bo'yicha 150 mingdan ortik edi. Bu yillar Samarqand uchun ahamiyatlidir. Bu davrda Afrosiyob shaharchasi qazilmalari tugagan. Arxeologik tadqikotlar natijasida shararning asoslanish sanasi aniqlangan.
Butun jaxon hamjamiyati 1970 yilda shahar-yodgorlikning 2500 yilligi nishonlangan. Yubiley obyektlaridan biri – Samarqandning eng guzal gushasi – universitet xiyobonida joylashgan. Viloyat kutubxonasining yangi binosi bo'ldi.
70-80 yillar kutubxona fondining va kitobxonlar auditoriyasining, xizmat ko'rsatishning yangi tizimining rivojlanishi, kitobxonlar bilan ishlashning yangi taraqqiy shakllaridan foydalanishning jadal usishi davri bo'lgan. Kutubxona o'zining ilmiy-uslubiy xizmat ko'rsatishi tufayli 18 markazlashtirilgan kutubxona tizimiga birlashtirilgan 740 davlat ommaviy kutubxonalari uchun uslubiy markaz bo'lib qoladi. Hozirgi vaqtda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxona mintaqada axborot – kutubxona texnologiyalarini demokratlashtirish va isloh qilish jarayonlarini ta’minlash markazi hisoblanadi.
Bugungi kunda A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxona 700 ming kitobni o'z ichiga oladi, shu jumladan kutubxonaning mavjud bulishdan hozirgi kunga qadar bo'lgan kitoblar, matbuot nashrlari, gramyozuvlar va notalar.
Hozir har yili o'rtacha 33 ming kishi kutubxona foydalanuvchilariga aylanadi, umumiy kitob tarqatish 700 mingdan ortiq bosma nashrlarni tashkil qiladi, maxsus xizmat ko'rsatish bo'limlari zallariga xar kuni o'rtacha 700 kishi tashrif buyuradi. 2006 yilda mazkur muassasa A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyati axborot – kutubxona markazi deb nomlanadi. Bu Prezident I.A.Karimovning O'zbekistonda kutubxona tizimini takomillashtirishga qaratilgan Qaroridan keyin sodir bo'ldi.
Bu hujjatga muvofiq Samarkand viloyat bosh kitob saqlash bo'limining axborot resurslarini jahon kutubxona tarmog'iga joriy qilishning jadal jarayoni boshlandi. Kitob fondlari elektron tashuvchilarga kuchirilmoqda, foydalanuvchilar kompyuterlardan, elektron kataloglardan foydalanish imkonini olishdi. Kelajakda kutubxona fondlari foydalanuvchilarga masofali qul keladi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin