TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Har bir tashkilot yoki korxonada texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega . Bu narsa har bir shaxs uchun hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlaydi. Shuning uchun ham Kutubxona va turli tashkilotlarda texnika xavfsizligi bo`yicha turli talablar qo`yilgan. Bu talablarga quyidagilarni misol qilish mumkin :
Yong`in xavfsizligi oynasi
Xona haroratini normallashtiruvchi vosita bo`lishi
Tikka quyosh nuri tushmasligini ta`minlash
Xonada kompyuterlar zararini kamaytirish uchun maxsus gullar bo`lishi
Kabellar ochiq holda bo`lmasligi kerak
Kompyuterlarni ulash uchun maxsus shit bo`lishi kerak
Kompyuter xonalari sanitariya gigiyena qoidalariga rioya etilgan bo`lishi kerak
Bundan tashqari yana ko`plab talablar bo`lib bu talablarning har biri hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
BAJARILGAN ISHLAR HAQIDAGI MA’LUMOTLAR
Amaliyot o’tash vaqtida kitobxonlar kutubxonadan foydalanish maqsadida har kun ertalabki soat 9:00 da boshlanib, soat 20:00 gacha fuqarolarga kutubxona xizmati ko’rsatildi hamda hodimlar soat 13:00dan 14:00 gacha. Ikki guruh bo’linib tushlikga qilish maqsadida tushlik qilib keldi.
24.04.2023. Amaliyot va kitobxonlarga kutubxona xizmatlarini ko’rsatish jarayoni bilan tanishtirish. Amaliyot o’tash joyiga, ya’ni markazga kelganimdan so’ng men ma’sul xodim, kitobxonlarga kutubxona xizmatini ko’rsatish zonasi, va ishlaydigan xodimlar bilan tanishtirildim, o’zim haqimda ma’lumot berib o’tdim.
Kitobxonlar kutubxonaga kelganda avvalo kutubxonaga a’zo bo’lishlarini va kutubxona xizmatlaridan foydalanishi mumkinligini guvox bo’ldim va o’zimga qiziq bo’lgan Axborot kommunikatsiya texnoligiyalari bo’limiga bordim.
26.04.2023 Kutubxonada ishlayotgan dasturlar haqida
Axborot kommunikatsiya texnoligiyalari bo’limida xodimlar kutubxona saytlari, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tominidan barcha viloyatlarga berilgan saytlar va UzNEL dasturida ishlashni bir boshidan o’rgatib bordi.
Kutubxona saytida kutubxonada bo’layotgan tadbirlar, davra suhbatlati, e’lonlar, yangiliklar, bibliografik qo’llanmalar va boshqa ma’lumotlarni joylashtirib borishni urgandik.
Saytga qo’yilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligi imlo xatosi yuqligi rasmlarning sifatliligi va o’z vaqtida yoritib borilishiga guvox bo’ldik.
Uznel dasturida xodimlar kitobxonlarga xizmatlar qulay bo’lishi maqsadida kutubxonada yasalayotgan kitoblarning eletron nusxalarini joylashtirib borishlarini va elektron kataloglar va kitoblar ro’yxatlarini yasayotganiga guvoh bo’ldim.
Dostları ilə paylaş: |