O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida manaviyat masalalari


Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat tuyg‘usidir



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə4/7
tarix01.01.2022
ölçüsü34,04 Kb.
#50786
1   2   3   4   5   6   7
I.Karimovning Madaniyat asarlari haqida

Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat tuyg‘usidir. Ushbu tuyg‘u, afsuski, ko‘pchiligimizda etishmaydi. Bu masalada mustaqillikning dastlabki qadamlaridan barchaga namuna bo‘lib kelayotgan shaxs O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov bo‘lib, bu lavozimga ilk saylangan kunlaridan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho‘rolar tuzumi to‘la barham topmasidan 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O‘zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug‘anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O‘zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Ma’naviyat degan so‘zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo‘lmagan o‘sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, katta jasorat edi.

Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi “Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.

1995 yil fevral oyida ilk bor ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi bo‘lmish O‘zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta ma’ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo‘nalishida ham yangicha yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o‘ylangan echimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Ma’ruzaning “YUksak ma’naviyat - kelajak poydevori” deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to‘rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo‘nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonchining orta borishidir”. Buning uchun har birimiz “bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab”, “buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak”.

1994 yilda I.A.Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” nomli kitobi, 1997-98 yillarda bu mavzu yanada mukammallashib, «Ma’naviy yuksalish yo‘lida» («Na puti duxovnogo Vozrojdeniya») kitobi o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. Prezidentning ushbu kitoblari tarkibida va undan keyin e’lon qilingan «Xalqni Vatan manfaatlari birlashtiradi» (YOzuvchilar bilan suhbat), «YUksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili» (O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so‘zlangan nutq), «Vatan –hamma narsadan mo‘‘tabar» (Mustaqillikning besh yilligidagi bayram tabrigi), «Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi» (“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida), «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin» («Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga javoblar), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» (Tarixchi olimlar bilan suhbat), «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» («Fidokor» gazetasi muxbiri bilan suhbat), «Egali yurt erkini bermas» (2000 yil avgust Oliy majlis sessiyasida so‘zlangan nutq), «Alloh qalbimizda, yuragimizda» kabi qator asarlarida ma’naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g‘oyalar olg‘a surilgan.

1994 yil bahorida “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida yana alohida Farmon bo‘ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi.

2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotidan O‘zbekiston Prezidentining Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan alohida risolasi bosilib chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat bo‘lib, “Ma’naviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir” deb nomlangan birinchi bobida “ma’naviyat” tushunchasi, ma’naviyatli va ma’naviyatsiz insonlar, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli tilda batafsil bayon qilingan. Kitobning ikkinchi bobi Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish” deb atalgan va unda avvalo milliy g‘oyaning ma’naviy hayotdagi o‘rni, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni, tilimiz va dinimiz, milliy va diniy bayramlarimiz mavqeining qayta tiklanishi, islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqida so‘z boradi. Uchinchi bobga “Ma’naviyatga tahdid – o‘zimiz va kelajagimizga tahdid” deb nom qo‘yilgan bo‘lib, unda ma’naviyat va ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib qolmay umumbashariy muammoga aylanayotgani tahlil etiladi. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi I.Karimov “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlangan oxirgi bobda. Prezidentning chuqur ishonchiga ko‘ra ma’naviy tarbiyaning ibtidosi har bir inson qalbiga quloq tutish va ko‘ngliga yo‘l topishdan boshlanadi va bu sohada ziyolilarimizning o‘rni va mas’uliyati o‘ta muhimdir.

Kitob muqaddimasida muallif shunday deb yozadi:

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.”




Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin